So’nggi yangiliklar

12:41"Андижон" шорт-листидан кимлар ўрин олган?  3 11:55Манба: CAFA турнирида қатнашган футболчи "Нефтчи"га ўтмоқда  12 11:33Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи  36 10:15"Бунёдкор" икки нафар футболчи билан келишувга эришди  5 09:49"Нефтчи"ни яна бир футболчи тарк этди  7 09:22Анчелотти Винисиусни огоҳлантирди  1 08:55Рамос ўз хизматларини Европанинг ТОП клубига таклиф қилган  6 08:28"Нефтчи" 20 ёшли футболчи билан шартнома имзолади  2 08:03Азизбек Пирмуҳаммедов якунланган мавсумда Суперлигада ушбу натижага эришган ягона футболчи  0 07:31"Навбаҳор" тўпурари фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттириши мумкин  2 02:20Суперлига-2025. Мавсумнинг эсда қоларли лаҳзалари  2 01:56"Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирини сотиб олмоқчи  3 01:24Асосий таркибдан жой ваъда қилинган "Сити" футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 00:51МЮ "Атлетико" футболчисини 30 млн. еврога сотиб олиши мумкин  1 23:45Яхшибоев ва Болтабоев "Андижон"га ўтди  23

Farhod Nishonov: "Yakuniy tarkib aniq. SHunday darajaga chiqdikki, raqiblar bizni jiddiy o'rganmoqda" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Yakuniy tarkib aniq. SHunday darajaga chiqdikki, raqiblar bizni jiddiy o'rganmoqda"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qatarda Xitoydagi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Terma jamoa ustozi Farhod Nishonov o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlari va tayyorgarlik jarayonlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Qatardagi birinchi yig'inimizda futbolchilarning umumiy jismoniy holati ustida ish olib borildi. Ikkinchi yig'inimizda futbolchilarning imkoniyatlarini ko'rib olyapmiz. CHempionatimiz tugagani sababli ularni o'yin tempiga moslashtirib borish uchun o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmoqdamiz. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi maqsadimiz natija emas. Hozir natijaga erishamiz deb xatoga yo'l qo'yishimiz mumkin. Xitoydagi musobaqaga futbolchilarni optimal holatda olib borishimiz kerak. Kecha mag'lubiyatga uchradik, Suriya bilan durang o'ynadik. Muxlislar mag'lubiyatdan xafa bo'lishgani tabiiy holat va buni to'g'ri qabul qilamiz. Biz Xitoyda eng yaxshi o'yinimiz va natijamizni ko'rsatishimiz kerak. 

Yakuniy tarkib aniq. Xitoy bilan oxirgi o'rtoqlik uchrashuvimizdan so'ng asosiy tarkibni aniqlaymiz. Raqiblarimiz jiddiy.  SHunday darajaga chiqdikki, ular bizni jiddiy o'rganishmoqda. Biz ham ularni o'rganmoqdamiz. Deylik, Yaman bilan bitta mehmonxonada yashayapmiz. Ularning imkoniyatlarini ko'ryapmiz. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish va biz bor imkoniyatimizdan foydalanamiz",- deydi Farhod Nishonov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика