So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  3 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  1 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  9 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  9 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  4 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  26 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Intervyu. SHukron Yo'ldoshev: "Ko'proq o'yin amaliyotini istadim, "Navbahor"ga o'tishim kutilganidan tez bo'ldi" Yangiliklar

Intervyu. SHukron Yo'ldoshev: "Ko'proq o'yin amaliyotini istadim, "Navbahor"ga o'tishim kutilganidan tez bo'ldi"

Qishki transfer oynasida "Lokomotiv" safiga kelib qo'shilgan SHukron Yo'ldoshev mavsum boshlanmasidan ikkinchi jamoasi safiga borib qo'shildi.

Darvozabon yangi mavsumni "Navbahor"da boshlaydi. Unga jamoa almashtirishi sababi va boshqa qiziqarli savollar bilan yuzlandik. 

- Birorta o'yin o'tkazmasdan "Lokomotiv"dan ketishingiz qiziq bo'ldi. Aslida klub bilan kelishuv qanday edi va erta tark etishingizga qaysi omillar tasir qildi?

- "Lokomotiv" bilan dekabr oyida kelishuvga erishgandim. Hammasi yaxshi edi. Lekin yakunda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoadan ketishga qaror qildim. Klub rahbariyatiga meni to'g'ri tushungani uchun rahmat aytmoqchiman. 

- Bunga "temiryo'lchilar"ning Superligada emas Pro ligada o'ynashi ham sabab bo'ldimi? 

- Qiyin savol berdingiz. Yuqorida aytganimdek bu erda asosiy masala o'yin amaliyoti. 

- "Navbahor"ga o'tishingiz ko'p kuttirmadi. Bu darajada tez yuz berishini kutganmidingiz?

- Jamoadan ketganimdan so'ng "Navbahor" rahbarlari aloqaga chiqdi. Uzoq o'ylab o'tirmay kelishuvga erishdik. Barchasi tezda kechdi. 

- Qishki transferlar oynasida "Surxon", "Dinamo" ham qiziqish bildirgandi. Qaysi jamoada o'ynab ketishingizga ishonchingiz yuqori edi?

- Mish-mishlar doim bo'lgan. Lekin bu ikki jamoani olsak "Surxon"ni tanlardim. 

- Faoliyatingizdagi jamoalarga nazar solsak "Navbahor" ulardan ancha farq qiladi...

- Albatta, "Navbahor" O'zbekiston grandi hisoblanadi. Bu jamoaga qo'shilganimdan xursandman. O'z o'yinim bilan yordam bermoqchiman. 

- Qisqacha savollarga o'tamiz. 2019 yil "Paxtakor-79" filmida suratga tushgansiz...

- Kameraga qarab rol o'ynash juda qiyin. Bu erda ham hamma kasbdagi kabi professional bo'lish kerak ekan. 

- SHukron Yo'ldoshev qaysi avtomobilni yaxshi ko'radi?

- "Lamborjini Urus".

- Darvozabonlardan kimlarni ko'proq kuzatasiz?

- Ederson, Kurtua, Zommer.

- Bir yilda nechta qo'lqop almashtirasiz?

- Taxminan 15-20 tadan ko'p. 

- Butsa borasidachi?

- 4 ta butsa etsa kerak bir yilga. 

- 10 yildan so'ng...

- Xudo xohlasa A Seriyada bo'lishni istayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика