"Qanday qilib mahalliy futbolchi o'ynaydi, agarki viloyatda bolalar futboli tizimi yo'q bo'lsa. Yillar davomida milliardlab pullar ishlatilgan klubning hech nimasi yo'q". Nodirxo'ja Yuldashev - "Qizilqum" haqida
10 may 2023 10:25
Yangiliklar
"Qanday qilib mahalliy futbolchi o'ynaydi, agarki viloyatda bolalar futboli tizimi yo'q bo'lsa. Yillar davomida milliardlab pullar ishlatilgan klubning hech nimasi yo'q". Nodirxo'ja Yuldashev - "Qizilqum" haqida
"Bir davrlar bo'ldiki, "Qizilqum" ishtirokidagi o'yinlarda ishlash va hakamlik qilish "mutaxassis"lar uchun bayramdek edi. Yoshligimda yangi yilni shunday kutardim. Kinder Syurprizni ichidan nima chiqarkan deb. Aslida bunday bayramlar yaqin yaqingacha ham taqvimda qizil bilan belgilanmagan bo'lsada, juda ko'p uchrab turardi. Nafaqat Navoiy tomonlarda, balki boshqa viloyatlarda ham biz bilmagan bayramlar ko'p edi. Hozir ham bunday tantanalar yo'q emas, aksar o'yinlardagi hakamlarning hunarini ko'ryapsiz, bu o'z o'zidan deb o'ylaysizmi, yo'q albatta, bayram davom etayotganidan bularning bari.
Aslida, ularda nima ayb, hayitlik berayotgan hotamtoylarga birov tegmaganidan keyin, ming so'm bering akajonlar deb, ko'zlari xavf oldida qolgan mushukchanikiga o'xshab turadigan referilarimizda ayb nima, to'g'rimi? Lekin ular olov bilan o'ynashyaptilar. Bir kun shunday keladi, shunday keladi... Bir kun shunday portlaydi bu ishlar sichqonning uyi ming tanga bo'lib qoladi.
Yaxshi hamki ularning orasida, insofli, diyonatli, har qanday sovg'alarni rad eta oladiganlari ham bor. Lekin eta olmaydiganlari ko'payib ketyapti. Baxtga qarshi, ularni ushlab bo'lmaydi. Qonunchilikka ko'ra, bundaylarni ushlab qamoqqa tiqish uchun, dalil kerak. Pora deb atalmish bu dalilni esa, o'sha voqea sodir etilgan joyda, pulni olgan yoki olayotgan payti, qo'l izlari bilan tutish kerak. Qiyin ish bu, beruvchi ham, olguvchi ham aylanib o'tar yo'llarni allaqachon ixtiro qilib bo'lganlar.
Gapimdan chalg'imay, mavzu, "Qizilqum" va Aliqulov haqida edi.
"Qizilqum" o'tkan yili ikki, balki uchga bo'linib ulgurgan edi, "gruppirovka"! Bu yil ham bu ish davom etmadi deb bo'lmaydi.
Yil boshida Antaliyada jamoaning bir kunlik mashg'ulotiga borgandim. O'shanda Aliqulov eraga mashg'ulot nechida bo'lishini tashkilotchilardan so'raganida, bilib aytib yuboramiz degan javobni oldi. Professional klublarda unday bo'lmaydi, murabbiy 14 kunlik mashg'ulot dasturinini beradi, tashkilotchi o'shanga moslab vaqtlarni belgilab berishi kerak. Bundan ko'rinib turibdiki, "Qizilqum" yaxshi summaga, arzon paketni tanlagan va ularga qachon nima berilsa, shunga ko'nib ketib mashg'ulot o'tkazishi kerak. Masalan, kuchli beshlikda turgan jamoala o'zlari uchun eksklyuziv maydonlarni tanlaganlar. Vaqti vaqti bilan suv quyadigan payti yoki nimadir fors major bo'lib almashib turmasa, boshqa payt hammasi aniq.
Jamoani 2022 yil yakuniga ko'ra 16 nafar futbolchi tark etdi. Ularning aksari "Surxon"ga o'tishi kerak edi. Lekin reja o'xshamadi. Aliqulovni qiynagan narsa, asosiy tarkibga qo'shilib, zaxira ham ketgani emas, bugungi kundagi reglament edi. PFL endi ommaviy kelib ketishlarga yo'l qo'yilmasligini yaxshi bilasiz. Tashkilot jamoalar bir mavsum uchun 10 nafardan ko'p yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bermaydi. Bundan ko'zlangan maqsad, jamoalar va nihoyat uzoq yillik shartnomalarga o'tishi va o'z tarbiyalanuvchilariga etibor qaratishi lozimligi. Undan tashqari 20 nafar futbolchigina 2001 yildan katta bo'lishi mumkin xolos. Bu loyihani birinchilardan bo'lib qo'llab quvvatlagan kishilardan biriman. SHunday bo'lishi kerak.
Bu qoida "Qizilqum" kabi klublar uchun jiddiy bosh og'riq. CHunki jamoaning poydevori yo'q. Istagan paytda ketib qoladigan o'yinchilarni o'rnini to'ldiradigan yoshlar chiqib keladigan infrastrukturasi mavjud emas. Antaliyada Aliqulovga savol berdim, yoshlar jamoasini viloyatlardagi istedodli 18 - 19 yoshli futbolchilar bilan to'ldirsa bo'lmaydimi? Javob quyidagicha bo'ldi:
- Men ham shuni istagan bo'lardim, ammo rahbariyat mahalliy futbolchi o'ynasin deyapti.
Qanday qilib mahalliy futbolchi o'ynaydi, agarki viloyatda bolalar futboli tizimi yo'q bo'lsa. Klubning akademiyasi yo'q bo'lsa, davlat uchun katta ahamiyat kasb etadigan tillo koni homiylik qiladigan zavodning jamoasi hech bo'lmasa bir yilda bitta bolalar o'rtasida musobaqa o'tkaza olmasa, qaerdan murabbiy yosh itedodlarni kashf qilsin!?
Bu muammo faqat "Qizilqum"da emas, Superliganing yarim jamoasida mana shunday muammo. Bundan keyin qiyin bo'lib boraveradi, aksar klublar 2 yoki 3 yillik shartomalarga o'tdilar. Oldindaka ommaviy ko'chib o'tishlar kamaydi.
Hakamlardan ko'mak yo'q, o'yinchi yo'q, professional munosabat yo'q, nima Aliqulov sexrgarmidiki, tayog'ini silkitib futbolchilarini gol uradigan, darvozabonini gol o'tkazmaydigan qilib qo'ysa. Unga vaqt berilganda ishlarni to'g'irlashi mumkin edi. Vaqt bu 3 yoki 4 yil degani.
Avvallari mahalliy futbolchilar nima uchun o'ynagan, mana shu biz bilgan SHodiev, aka-uka Xoliqov, Rustamov, Jo'raev. Ulardan avval chiqqan Navoiy viloyati kashf qilgan Nikolaev, Kiryan, SHishelov va Bayramov kabi o'yinchilar bugun bormi?
Bor, Oston O'runov, Jasur Jaloliddinov, Rasul Yo'ldoshev. Lekin ular Navoiyda turib kashf bo'lmadilar, baxtlarini poytaxtdan topdilar. CHunki bugun katta bir viloyatda, er boyliklari mavjud Navoiyda tizim yo'q. Yillar davomida milliardlab pullar ishlatilgan klubning hech nimasi yo'q.
Qisqasi, hamma ayb Aliqulovda emas! Viloyat hokim klub bilan jiddiy shug'ullanishi va futbolni tom manoda tushunadigan va reja asosida yurita oladigan mutaxassisga rulni ishonib topshirishi kerak.
2013 yilni juda yaxshi eslayman. Ravshan Haydarov klub bosh murabbiyi. Hammasi yaxshi, tarkib juda zo'r. Nimadir bo'ladi, mag'lubiyat. Toshkentda "Buxoro"ga qarshi betaraf maydonda o'yin bo'lgan. G'alati ishlar bo'lgan mana shu o'yinda. 1:3 hisobida g'alaba qozonib turib, 4:3 hisobda mag'lubiyatga uchralgan o'yinni kambek deb bilmaganmiz. Bu erda boshqa sir bor edi. SHundan keyin Haydarov ham ketib qolgan, oradan 1 tur o'tib men ham. Ko'pchilik bilmasa kerak, 1 yil yarim stavkada Ravshan Haydarovga hujjatli ishlar bo'yicha yordam berganman. Klubni OFK licenziyasidan o'tkazish va shu kabi ishlarga".
Fikrlar