So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Karlush Keyrush: "Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"

"CAFA Nations Cup-2025" "A" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Karlush Keyrush matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda bugun yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Bugungi uchrashuvdan ko'plab xulosalar chiqaramiz. O'zbekiston JCHga chiqqan jamoa va bunday raqibga qarshi o'ynash juda foydali. Bugungi bahs bizga o'sishga yordam beradi. Biz faqatgina natija va g'alaba uchun o'ynashimiz kerak. Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"

- O'mon terma jamoasi oktyabr oyida JCH saralashining so'nggi ikki bahsida ishtirok etadi. Hozir esa jamoa CAFA musobaqasida ishtirok etmoqda va guruh bosqichidayoq uchta o'yin o'tkazadi. Ushbu FIFA kunlaridan so'ng esa O'mon chempionatida yana uchta tur o'tkaziladi va undan so'ng oktyabr oyidagi FIFA kunlari. Bunday zich taqvim jamoaning zarariga ishlashi mumkinmi? Masalan, CAFA musobaqasidagi kamida uchta o'yindan ko'ra, O'mon ikkita o'rtoqlik o'yinida ishtirok etib qo'ygani yaxshi emasmidi?

- Bunday variant ham yaxshi edi, ammo men terma jamoaga kelgan vaqtim CAFA musobaqasidagi ishtirok aniq bo'lib ulgurgan edi. Bu rejani menga berishdi, men qabul qilganim yo'q. Shuning uchun, shunchaki futbol o'ynaylik va rohatlanaylik. Biz bu erga uchta o'yinda emas, to'rtta o'yinda ishtirok etish uchun kelganmiz. Terma jamoadagi yosh futbolchilarga imkon qadar xalqaro tajriba berish mening maqsadim. Olti nafar asosiy futbolchimiz bugungi uchrashuvda ishtirok etmadi, ikkitasida jarohat bor. Ikki nafar futbolchini yoshlar terma jamoasidan jalb etdik. Bunday o'yinlar futbolchilarga o'sish uchun yordam beradi. Bunday holatdan noligandan ko'ra, vaziyatni qabul qilish kerak. Bor imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.



- Karlush Keyrush faoliyati davomida besh marotaba Toshkentga kelgan. Bugungi durangni hisobga olmasak, qolgan barcha uchrashuvlarda Keyrush jamoalari O'zbekistonni mag'lub etgan. Bunday statistikaning siri nimada? Keyrush O'zbekistonga qarshi yaxshi o'ynay olishining sirichi?

- Men O'zbekistonga hech qachon yutqazmaganman, lekin O'zbekistonni juda yaxshi ko'raman. Sizlarni yana bir marotaba JCHga chiqqanlaringiz bilan tabriklayman. Murabbiy sifatidagi mening asosiy ishim - g'alaba qozonish. Bugun maydonda ikki hil futbol uslubinin ko'rdik. O'zbekiston ko'proq ochiq futbol namoyish etsa, biz ko'proq vertikal futbol o'ynadik. Maydonda nima bo'lishidan qati nazar, maqsad g'alaba qozonish edi. Futbolchilar maydonda kurashishdi va jang qilishdi. Biz bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi, ammo biroz omadimiz kelmadi.

- Bugun, O'mon terma jamoasinig o'yini menga yorqinroq ko'rindi. O'mon futbol federaciyasi sizga aniq bir vazifa yuklatdimi?

- Maqsadimiz - Jahon chempionatiga chiqish. Biz O'zbekiston bilan birga Jahon chempionatida ishtirok etmoqchimiz. Yigitlarim bugun namoyish etgan ishtiyoq meni xursand qildi. Biz keyingi oy Qatar va BAAga qarshi o'ynaymiz. Ustiga-ustak Qatar maydonida. Aynan Qatar maydonida. O'sha sanalarga dunyoda barcha stadionlar band bo'lar ekan va biz shuning uchun Qatarda o'yin o'tkazamiz. Qatarga qarshi Qatarda o'ynaymiz. Ular shunday qaror qilishdi. Biz ushbu uchrashuvlarga tayyor bo'lib borishimiz kerak, ayniqsa ruhiy jihatdan.

- O'mon xalqi uchun Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish nimani anglatadi deb o'ylaysiz?

- Orzuning amalga oshishi. Bu bizning oldimizga qo'yilgan jiddiy chaqiruv, lekin to'p harakat to'xtamaydi. Hisob esa 0:0. O'yin yakunlanganiga qadar bizda imkoniyat bo'ladi. Shuningdek, O'mon muxlislari ko'plab safar uchrashuvlariga borishadi. Agar O'mon JCHGa chiqsa, minglab muxlislar AQSHga boradi. 

- Agar O'mon bilan mundialga chiqa olsam, bu mening beshinchi mundialim bo'ladi. Besh terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqqan birinchi murabbiy men bo'laman. Bora Milutinovich AQSH bilan saralashda ishtirok etmagan. Shuning uchun men rekordchi bo'lishga imkoniyatim bor. Agar ushbu natijaga erishsam, O'mon poytaxti Muskat shahridan Nyu-Yorkgacha suzib boraman.

Reyting: +10   

Fikrlar

+6   
31 avg 01:18:46
Fc Milan20
Pyotr Segrt kabi xorijlik murabbiyni olib kelib, Tojikiston futboli o'sdi, o'z tarixida ilk bor Osiyo kubogida chorak finalga qadar yetib bordi. Aleksandr Krestininni olib kelib, Qirg'iz futboli qaysidir ma'noda o'sishga erishdi. Ya'ni bu murabbiylar shu termalarga nimadir berdi. Biz esa naqd 20 yilga yaqin milliy terma jamoa rulini Inileyev, Qosimov, Abramov, Babayan kabi murabbiylarimizga berib bitta joyda qotib turaverdik. Keyrush kabi murabbiylar koma holatida yotib qolsa ham bizni murabbiylarni yutib ketaveradi.
+4   
31 avg 01:35:36
Liverpool9393
Temur Kapadzega. Keyrushdan dars 。Keyrushga Afgoniston termasi bersayla ham Uzbekistanga yutqazmaydi. agar uzbek treniri Kapadze bulsa
+4   
31 avg 01:21:29
Erkin Abdullaev
Qari tulki emas kuchli taktik mutaxasis kapadzedaqa sasuno'k emas bu Ser Boboni talimini olgan
+3   
31 avg 01:33:34
Liverpool9393
kimni qanday uyin tashkil qilishi biladi. Katanes uslubi Keyrushda ham topni topshirib presingda kutaib olasan xato qilsa. qarshi hujum. hisob uz foydasiga hal qiladi. Katanes kelganda koplaga shu taktika yoqmagandi
+1   
31 avg 08:57:33
Комилжон Кодиров
Кейруш хакикий тренер экран Балли

...акшга сузиб Борман деяпти...бизгатренер бугиси бор экран
+1   
31 avg 07:07:42
Otabek
Насиб Эронни ютиб қўйса ўзб Кападзени сўкётганлар эркак бўлиб узирини ёзишни ҳам билиш. Қайси ақл билан Бенту яхши дейишябсан.
+1   
31 avg 01:34:33
Davronbek Abduvaliev
Агарда бизни МТЖ да Кейруш бош мураббий бўлгандами...
+1   
31 avg 01:34:21
Davronbek Abduvaliev
Агарда бизни МТЖ да Кейруш бош мураббий бўлгандами...
+1   
31 avg 01:34:14
Davronbek Abduvaliev
Агарда бизни МТЖ да Кейруш бош мураббий бўлгандами...
+1   
31 avg 01:34:09
Davronbek Abduvaliev
Агарда бизни МТЖ да Кейруш бош мураббий бўлгандами...
+1   
31 avg 01:34:04
Davronbek Abduvaliev
Агарда бизни МТЖ да Кейруш бош мураббий бўлгандами...
+1   
31 avg 01:33:53
Davronbek Abduvaliev
Агарда бизни МТЖ да Кейруш бош мураббий бўлгандами...
   
31 avg 20:38:52
Otabek
Shahzod Sayfullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Sandanqa yibanlarga baribir Kopadze dadangga advokatlik qilishni davom etaver bir kun sanam tuzalasan dalbayoblikdan davo bolmasa ham.
Мен ёзган коментга жавобини қайта ўқи тушинасан кимлигини
   
31 avg 20:36:31
Shahzod Sayfullayev
Otabek foydalanuvchining fikriga javob berish
Меники тўғри бўса бўлди деб ютқазишини кутиб туриш учун одаммас муср бўлиш кере
Sandanqa yibanlarga baribir Kopadze dadangga advokatlik qilishni davom etaver bir kun sanam tuzalasan dalbayoblikdan davo bolmasa ham.
   
31 avg 20:28:27
Otabek
Shahzod Sayfullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Sharmanda bolib yutkazsa sanam erkak bolib advokatlik qlishni toxtatib HAMMANI OLDIDA UZR SORAB KOMENT YOZASAN DAVAY KUZATAMIZ SANI.
Меники тўғри бўса бўлди деб ютқазишини кутиб туриш учун одаммас муср бўлиш кере
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика