Qirg'iziston bosh murabbiyi: "Maydon holati sifatli futbol ko'rsatishga yo'l qo'ymadi"
30 avg 22:00
Yangiliklar
Qirg'iziston bosh murabbiyi: "Maydon holati sifatli futbol ko'rsatishga yo'l qo'ymadi"
Dastlab "Jar" stadionida Qirg'iziston va Turkmaniston to'qnash keldi (1:1). Uchrashuvdan so'ng Qirg'iziston terma jamoasi ustozi Urmat Abdukaimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi o'rinda yigitlarga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun qaysidir manoda havo harorati tezkor futbol ko'rsatishga to'sqinlik qildi. Fikrimcha, biz ko'proq o'yinni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik. Ayrim vaziyatlarda aniqlik va omad etishmadi. Raqib standartlarda yaxshi harakat qildi, biz bunga tayyor edik. Shunga qaramay standart ularda asosiy qurol bo'lib xizmat qildi.
Aytganimdek tezkorlik kamlik qildi. Ikkinchidan maydon holati sifatli futbol ko'rsatishga javob bermadi. To'p sakrab ketaverdi. Bir tepar o'ynashda muammolarga duch keldik",- deydi Urmat Abdukaimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar