So’nggi yangiliklar

00:45ЕЧЛ. "Реал Мадрид" – "Бавария" 0:0 (матнли трансляция)  75 00:26ЕКЛ. "Фиорентина" икки ўйин натижасига кўра "Брюгге"дан устун келди ва илк финалчига айланди!  0 23:58Мбаппега Саудия Арабистонига кетишни маслаҳат беришди  2 23:36"Манчестер Юнайтед" дунёнинг энг қиммат клуби деб топилди!  4 23:00ЕЧЛ финали сари йўл. "Реал Мадрид" – "Бавария". Асосий таркиблар аниқ!  39 22:21Кроос: "Бавария"га қарши ўйинни финалдан умуман фарқи йўқ. Математика билан шуғулланиш керак эмас"  2 21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  3 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  17 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  9 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  6 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  7 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  6 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1

"Qanday o'yin ko'rsatishimizni mavsum boshlangach bilib olasiz" - "Dinamo"ning serbiyalik murabbiyi Predrag Rogan bilan intervyu Yangiliklar

"Qanday o'yin ko'rsatishimizni mavsum boshlangach bilib olasiz" - "Dinamo"ning serbiyalik murabbiyi Predrag Rogan bilan intervyu

Teglar :  Predrag RoganDinamo
Ayni paytda saytimizning uch nafar muxbiri Turkiyaning Antaliya shahrida jamoalarimizning o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yoritib borishmoqda.

 Kuni kecha "Dinamo" jamoasining mashg'ulotlariga borgan xodimimizdan biri Abdulaziz Iskandarov bosh murabbiy Predrag Rogan bilan suhbat uyushtirishga erishdi. Klubda ish boshlaganiga ko'p bo'lmagan serbiyalik mutaxassis intervyu davomida "Dinamo"ga qanday kelganligi, futbolchilarga talablari va jamoasi qanday o'yin ko'rsatishi borasidagi savollarga javob qaytardi. 

- Janob murabbiy keling dastlab "Dinamo"ga kelishingiz tarixi bilan o'rtoqlashsangiz. O'rtada rol o'ynagan inson kim? Klub rahbariyati to'g'ridan-to'g'ri taklif bilan chiqdimi yoki agentlar orqalimi?

-  O'z vaqtida O'zbekistonda muvaffaqiyatli to'p tepgan futbolchi Boyan Miladinovich hozirda agent bo'lib ishlamoqda. Bir jamoada faoliyat olib borganmiz. Keyinchalik "Dinamo" sport direktori Andrey SHipilov, klubning rahbarlari bilan ko'rishdim. Yakunda shartnomaga qo'l qo'ydim. 

- Har qanday murabbiy yangi joyga kelayotganda o'sha mamlakatni o'rganadi, malumotlar qidiradi. O'zbekiston chempionati siz uchun qanchalik jumboq bo'lib tuyuldi? 

- Kamgina bo'lsada, malumotlarga ega edim, deya olaman. Boyan menga qo'ng'iroq qilgach ko'proq narsalarni qidirishni boshladim. SHartnoma tuzganimizdan keyin futbolchilar, murabbiylardan so'radim. Jamoani qabul qilib olishimdan oldin mamlakatingizga keldim. O'yinlarni tomosha qildim. Men yaxshi do'st, professor, Katanecning yordamchisi Vlado Rodmanovich bilan gaplashdim, u esa meni Srechko bilan tanishtirdi.

- Xorijlik murabbiydan istaymizmi-yo'qmi yangilik olib kirishi kutiladi. "Dinamo"da nimani o'zgartirmoqchisiz va qanday uslubni tatbiq qilishni rejalashtiryapsiz?

- Mavsum boshlangach bizning ishtirokimizdagi o'yinlarni tomosha qilgan holda qanday yangilik ko'rganingizni menga aytasiz (kuladi). O'yin uslubimizni chempionat davomida ko'rishingiz mumkin. Haqiqiy bahoni esa kuzda yani noyabr oyida beramiz. 

- Oldingizga qanday maqsadlar qo'yildi? Balki Superligaga qaytgan jamoa sifatida bu borada katta vazifalar belgilanmas...

- Umumiy qilib aytganda "jo'jani kuzda sanaymiz". Hech qaysi murabbiy jamoasining pastki o'rinlarda yurishni istamaydi. 

- Oxirgi yillarga kelib chempionatimizga serbiyalik futbolchilarning oqimi nihoyatda ko'paydi. Ushbu mamlakat futbolchi etishtirish bo'yicha Evropada o'ziga yarasha obro'ga ega ekanligi sir emas...

- Faqat Samarqandda emas, ko'p viloyatlarda maydonlar muammo ekan. Serbiyaga keling va ish qanday yo'lga qo'yilganini ko'ring. Iqtidorlar juda ko'p. O'zbekistonda ham etarlicha. Lekin nimadir etishmaydi. 

- Turkiyadagi yig'in va futbolchilarning harakatlaridan qoniqyapsizmi?

- Birinchi o'rinda klub rahbarlariga shunday sharoitni yaratib berishgani uchun katta rahmat aytaman. Ikki emas, uch hafta yig'in o'tkazamiz. Mehmonxonamiz va maydon o'rtasida katta masofa yo'q. Barchasi juda qulay. 

- CHempionatni "Paxtakor"ga qarshi o'yin bilan boshlaysizlar. Amaldagi chempionga qarshi ochilish o'yinidagi bosim sizni xavotirga solayotgani yo'qmi?

- Yo'q. Muxlislardan o'sha kuni stadionga tashrif buyurishlarini so'rab qolaman. Futbolchilarimdan har bir o'yinda yurakdan, borlarini berib o'ynashlarini talab qilmoqdaman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика