So’nggi yangiliklar

07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  49 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  8 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  7 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  10 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2

Qalbi nurga to'la inson Yangiliklar

Qalbi nurga to'la inson

Teglar :  Mirabror Usmonov
Odamlar umrni oqar daryoga qiyoslashadi. Darhaqiqat, inson umri bamisoli daryo kabi o'tib boraveradi.

Uning qilgan ishlari ortida qoladi, ezgulik sari qilingan ish esa inson qadrini oshiradi. Bejizga ezgulik yuksak baholanmagan. Sababi, din ulamolari ham ezgu ishlarning mukofoti yuqori bo'lishi haqida juda ko'p tariflar keltirishgan.

Hozir men ana shunday ezgu amallarni kanda qilmagan, oliyjanob inson hususida gap yuritmoqchiman. Bu inson marhum senator, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonovdir. SHuningdek, u “Ezgu niyat” ko'p tarmoqli tibbiyot markazi va “Ezgu maqsad” xalqaro jamoat hayriya fondi asoschisi hamdir. Oddiy oshpazlik sohasidan senator, davlat va jamoat arbobi darajasiga erishish uchun qancha mehnat hamda mashaqqatlar zarurligini bir tasavvur qilib ko'ring-a. Kamtar, samimiy va qalbi nurga to'la bu inson doim el-yurt manfaati uchun harakat qilib kelganligini juda ko'pchilik biladi. Bu insonni men o'zimga ustoz ham deb bilaman. Men M.Usmonov bilan ko'p ko'rishmagan, ko'p gaplashmagan bo'lsamda, lekin u kishining qilgan yaxshi ishlari hususida juda ko'p eshitib, ayrimlarining guvohi ham bo'lganman.



Bugun M.Usmonovning hayotni tark etganligiga roppa-rosa 6 oy o'tibdi. Qarang vaqt qanday tez o'tmoqda. Kechagina u inson klinika faoliyatidan ancha hursand bo'lganliklari va iliq so'zlarni aytganliklari hususida eshitgan edim. Bugun 15 sentyabr, joriy yilning 15-mart kuni M.Usmonovning hayotdan ko'z yumganligi xususida xabarlar tarqala boshladi. U insonning oliyjanobligi va qilgan ishlari ham OAV da esga olindi (ilova qilinadi). Buni eshitib esa, kayfiyatim tushkun bo'lib qoldi. U insonning bir qancha boshlab qo'ygan ezgu ishlari nima bo'ladi degan o'y hayolimda tinmay aylana boshladi. “Ot o'rnini toy bosadi”-degan xalqimizda maqol bor. Darhaqiqat, endi M.Usmonovning ezgu ishlarini uning o'g'li Jahongir Usmonov davom ettirmoqda. Men J.Usmonovga ham otasi singari yuksak marralarga erishishini tilab qolaman.



Mirabror Zufarovich umri davomida bir nechta sport inshootlari qurilishi, jumladan "O'zbekiston" sport majmuasi, Suv sport saroyi, Gimnastika majmuasi, Milliy olimpiya qo'mitasi binosi, Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni, Nukusdagi "Turon" stadioni, Buxorodagi "Buxoro" stadioni qurilishida jonbozlik ko'rsatgan. Bugungi kunda oddiygina stadionlar maysasini yangilash masalalari qay darajada qiyin ekanligini ko'rar ekanmiz, yuqoridagi sport inshootlarining barpo etilishi u kishining o'zbek sporti rivojiga qay darajada hissa qo'shganligini isbotlab turibdi.

SHuningdek, Mirabror Usmonov MOQ prezidenti bo'lgan davrda O'zbekiston uchun Olimpiya o'yinlari tarixidagi rekord natija qayd etilgan. Sportchilarimiz Rio Olimpiadasida 13 ta medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 21-o'rinni egallagani ham Usmonov boshlab bergan islohotlarning mevasidir!

Bundan tashqari, Mirabror Usmonov davrida o'zbek klublari Osiyo chempionlar ligasi uchun 4 ta kvotaga ega bo'lishdi. Jamoalarimiz OCHLning yarim final bosqichiga qadar etib bordi.

Usmonov hayotda ham oliyjanob inson edi. Insonlarga hamisha qo'lidan kelganicha yordam bergan. Bu haqda ortiq gapirmasa ham, ko'pchilik biladi.


F. Jumanov

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика