So’nggi yangiliklar

17:40Про лига. "Жайхун" – Олимпик-MobiUz" (онлайн ҳисоб)  0 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  1 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  3 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  4 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  1 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  4 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  14 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  10 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 13:59Пляж футболи бўйича Жаҳон чемпионати. Япония ва Эрон кейинги босқичда  1 13:42"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради  18 13:27"Челси" футболчиси "Фламенго" диққат марказида  0 12:53"Ямални икки футболчи қўриқлайди" — Симоне Инзаги  23 12:25Кьеза жамоадошларидан 1 ҳафта кечроқ Англия чемпиони бўлди  4

Qahramonjon Isroilov: “Qo'qonda muxlislik madaniyatini barchaga ko'rsatib qo'ymoqchimiz” Yangiliklar

Qahramonjon Isroilov: “Qo'qonda muxlislik madaniyatini barchaga ko'rsatib qo'ymoqchimiz”

Bugungi kunga kelib oliy liganing har bir ishtirokchisini o'z ishqibozlar klubi mavjud.
Bu narsa tobora urfga aylanib bormoqda. Ilgari ishqibozlar klubi bo'lmagan ersada, tribunalar to'lib, muxlislik ham shunga monand bo'lardi. Lekin tan olish kerak, hozirgi vaqtda har bir jamoaning ishqibozlari kim o'zarga o'ynamoqda. Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda Qo'qonda ham mana shunday ishqibozlar klubi tashkil etildi.

O'tgan hafta Qo'qonga safar uyushtirib, oliy liga debyutantining mashg'ulotini kuzatdik. Stadionga kirib borar ekanmiz, bir qator ashaddiy muxlislarning ham tashrifiga guvoh bo'ldik. Jamoaning yana kuchlilar safiga qaytishi ularni behad quvontirib yuborganini payqash qiyin emas. Endilikda ular jamoani yanada kuchayishini kutmoqda. Buning uchun tarkibda qanday o'zgarishlar bo'lishini har kim turlicha chamalab bormoqda. Stadionda mashg'ulotni kuzatish asnosida muxlislar bilan ham suhbatlashib, ularning fikrlarini tingladik.



“Qo'qon-1912” ishqibozlar klubi sho'ba korxonasi rahbari etib tayinlangan Qahramon aka bilan ham ko'rishib, tanishdik. O'zining aytishicha, Isroilov ham vaqtida qalam axli vakillari bilan birga mexnat qilgan ekan. Ziyoli oilaning vakili ekaligini suhbat davomida bilish qiyin kechmadi. 1973 yilda tug'ilgan Qahramon aka ashaddiy muxlislar tomonidan ishqibozlar klubi raisi etib tayinlangan.

- Bugungi kunda biznes sohasida faoliyat yuritib kelyapman. Futbolni chin manoda sevaman. Yoshligimda futbol o'ynaganman. Afsuski futbolchi bo'lish nasib etmagan. Minglab qo'qonlik muxlislar kabi men ham jamoamizning yana oliy ligaga qaytganidan boshim ko'kka etdi. Axir biz bu damlarni kelishini intiqlik bilan kutayotgandik. Klub tepasidagi rahbariyatning oqilona siyosati natijasida jamoamiz asta-sekin qaddini tiklab bormoqda. Barchaga yaxshi malum, ilgari Qo'qonda ko'plab istedodlar etishib chiqqan. Bugungi kunni olib qaraydigan bo'lsak, murabbiylar borasida ham Qo'qon maqtana oladi.

- SHunday shaharda ishqibozlar klubi ham bo'lishi kerak. O'zimiz kabi ashaddiy ishqiboz bo'lgan 5-10 nafar insonlar bilan maslahtlashib, “Qo'qon-1912” muxlislar klubini ochishga qaror qildik. Qog'ozbozlik ishlaridan xabarim bo'lgani bois, meni rais etib tayinlashganida tavakkal qilib taklifni qabul qildim. Lekin barchamizni niyatimiz bitta -kelasi yil oliy ligada ham jamoamizni yaxshi va yomon kunida har tomonla qo'llab-quvvatlab dalda bo'lish!

- Ko'p tanishlarim bu juda ham masuliyatli ekanligini takidlab, rais bo'lmaslikni tavsiya qildi. Bundan qandaydir manfaatni o'ylab yurganimiz yo'q. Yuqorida aytganimdek, futbolni yaxshi ko'raman. Qiziqish hamma narsadan ustun turadi.



- Ishqibozlar klubiga asos solinganidan so'ng, uni xujjatlashtirildi va klub tomonidan ofis ajratildi. Uni endi o'zimiz jihozlab bormoqdamiz. Bu yo'lda rejalarimiz ulkan. Boshqalardan qolishmaslikka intilamiz. Eng asosiysi kelgusi mavsum Qo'qonda ishqibozlik madaniyatini ijobiy manoda ko'rsatib qo'ymoqchimiz. Muxlislar klubi tashkil etilganidan xabar topgan va “Qo'qon-1912”ga befarq bo'lmagan har bir kishi telefon orqali bo'lsa ham biz bilan aloqaga chiqmoqda. Unga azo bo'lishni istaganlarni birma-bir rasmiy tarzda xujjatlashtirib bormoqdamiz. Qolaversa imkon qadar har kuni jamoaning mashg'ulotini kuzatib boryapmiz va stadionga kelib ayrim masalalar yuzasidan muxlislar bilan o'zaro fikr almashamiz. CHempionat startiga qadar yana ko'plab yig'ilishlar bo'ladi. Munosib tayyorgarlik ko'rish kerak.

- Ayni damga kelib har bir klubning laqabi mavjud. “Qo'qon-1912”ga ham laqab qo'yish borasida tanlov elon qilingach, ko'pchilik “yo'lbarslar” deya yuritilishini tavsiya qildi. Ammo biz ishqibozlar klubidagilar “to'pchilar” laqabini qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi degan to'xtamga keldik. Biror laqabni qo'yganingizdan keyin, uni tarixi manosi bo'lishi ham kerak-ku! “To'pchilar” deganimizning boisi shuki, ilgari 1912 yili Qo'qonda futbol jamoasi tashkil topganida, CHorsuda kosiblar to'p tika boshlagan. SHunda rossiyaliklar 400ta to'pga buyurtma bergan ekan. Demak, O'zbekistonda birinchi bo'lib to'p ham Qo'qonda kashf bo'lgan. “Yo'lbarslar”ni esa nima manoni bildirishini sira tushunmadik...

- Ishqibozlar klubi tashkil topganidan keyin jonbozlik ko'rsatib kelayotgan bir qator aka-ukalarimizni ham aytib o'tsam yaxshi bo'lardi. Bular - Siddikov Nizomiddin (Kokand), Qunduzov Ilhomjon (amir amir), Mamatqulov Bahodir (quqon1912), Ahrorxodjaev Rahmatxon (Golkiper), Abdullaev Sohibjon, Hamzaev Ravshan, Muhiddinov Abdurashid (mehanik_14), Qahramon Isroilov (qahramonjon), Maqsudbek (MaksKokand), Aminov Xusanjon, Akramov Baxtiyor va bir qator ashaddiy muxlislardir. Aynan ularning sayi xarakatlari evaziga bir qator rejalar tuzib, rivojlanish sari odimlayapmiz.

- Har bir klub o'z muxlislariga yordam bergani kabi “Qo'qon-1912” rahbariyati ham bizga ko'maklashishini bildirdi. Nasib qilsa jamoamizning safar uchrashuvlarida yolg'izlatib qo'ymoqchi emasmiz.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика