Pyanich: “Yuventus” futbolchilari Sarriga moslashishlari kerak”
31 dek 2019 00:08
Yangiliklar


Pyanich: “Yuventus” futbolchilari Sarriga moslashishlari kerak”
“Yuventus”ning bosniyalik yarim himoyachisi Miralem Pyanichning takidlashicha, jamoadoshlari bosh murabbiy Mauricio Sarrining o'yin uslubiga moslashish jarayonini boshdan o'tkazishmoqda.
“Bir qator taktik holatlar borki Allegri qo'l ostida besh yillik uslubdan keyin boshqa holatga o'tish oson bo'lmaydi. Futbolchilar besh yil davomida harakat qilgan uslubdan Sarri taklif etayotgan holatga moslashishlari kerak. Biz murabbiyga moslashishimiz lozim va u hali hamon bizni o'rganishda davom etmoqda.
Men jamoadagi vaziyatga pessimistik nuqtai nazardan yondashmoqchi emasman, chunki biz aniq maqsad sari harakat qilayapmiz. Haqiqiy “Yuventus”ni fevral-mart oylarida ko'rasiz. Bu jamoa g'olib bo'lishga o'rgangan va shu yo'nalishda davom etadi”, deya Pyanichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Corriere dello Sport.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar