"Yuve" "Chelsi"ning 68 mln evrolik taklifini rad etdi – Yildiz sotilmaydi
25 iyu 19:05
Yangiliklar


"Yuve" "Chelsi"ning 68 mln evrolik taklifini rad etdi – Yildiz sotilmaydi
Turinning "Yuventus" klubi “Chelsi”ning vinger Kenan Yildizni sotib olish taklifini rad etdi.
Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi 20 yoshli turkiyalik futbolchi uchun 65-68 million evro to'lashga tayyor edi. Biroq "Yuventus" uzoq muddatli loyihaning muhim qismi hisoblangan futbolchi bilan xayrlashishni o'ylamayapti.
Yildiz Turin klubiga 2022 yilning yozida erkin agent sifatida "Bavariya"dan kelib qo'shilgandi. Uning "Yuventus" bilan bitimi 2029 yilning iyunigacha amal qiladi.
Yildiz 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 52 o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar