Puyol: "Pul - futbolda hamma narsani hal qilmaydi, sovrinlarni sotib olishning imkoni yo'q"

Aslanov Jasurbek
29 dek 2017, 11:01
"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida aytib berdi.

"Pul - futbolda hamma narsani hal qilmaydi, sovrinlarni sotib olishning imkoni yo'q. Tuzilma kerak. Futbolchilarga katta pul sarflagan klublar bor, ammo hech narsa yuta olishmagan. Jamoa tuzish uchun g'oyalar va aniq yo'l kerak. Masalan, "Real" va "Barselona" uzoq vaqt munosib ishlab kelishmoqda. G'alabalar pulga bog'liq narsa emas" - deydi Puyol.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca