Puyol LaLiganing eng kuchli murabbiyi kim ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2018, 14:10
"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde va yarim himoyachi Artur haqida fikr bildirdi.

"Men uchun Valverde ajoyib murabbiy va u o'z vazifasini juda yaxshi bajarmoqda. O'tgan mavsum u yaxshi ishladi. Valverde LaLigadagi eng kuchli murabbiy.

Har qanday futbolchini Xavi bilan solishtirish katta bosimga sabab bo'ladi. Keling Artur o'sishiga imkon beramiz.

U "Barselona"da o'ynayotgan ekan, demak unda ushbu klubda o'ynash uchun kerakli sifatlar bor. Futbolchi buni har safar isbotlamoqda" - deydi Puyol.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca