Pulishich "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi
18 sen 2021 16:53
Yangiliklar
Pulishich "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Kristian Pulishichning "Tottenxem"ga qarshi Angliya chempionati doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishi haqida gapirdi.
Amerikalik futbolchi hali jarohatidan to'liq tiklanmadi.
"Kristian Pulishich haqida yaxshi yangiliklar bor. Kristian yakka tartibda ishlamoqda va imkon boricha tezroq to'laqonli mashg'ulotlarga qaytishga urinmoqda. U dam olish kunidagi o'yinda tarkibda bo'lmaydi, sababi u tiklanishga ulgurmaydi, ammo Kristian o'z formasi ustida qattiq ishlamoqda", - deydi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" - "CHelsi" o'yini bugun bo'lib o'tadi.
Fikrlar