Pulishich mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. U "CHelsi" tarkibida 14 avgustdan beri o'ynamadi
29 okt 2021 11:37
Yangiliklar
Pulishich mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. U "CHelsi" tarkibida 14 avgustdan beri o'ynamadi
"CHelsi" vingeri Kristian Pulishich "Nyukasl"ga qarshi APL 10-tur doirasidagi o'yin oldidan jamoa bilan mashg'ulotlarga qo'shildi.
23 yoshli Pulishich klub safida 14 avgustdan beri o'ynamadi, u so'nggi bor "Kristal Pelas"ga qarshi APL 1-tur doirasida o'ynab, o'z goli bilan o'z jamoasiga yordam bergan edi.
Kristian sentyabrda AQSH terma jamoasi ixtiyorida jarohat oldi - bu uning "CHelsi"da ikki yildan ortiq davom etgan faoliyatidagi oltinchi jiddiy jarohati bo'ldi.
Pulishichning jarohat sabab 10 kun maydonga tusha olmasligi aytilgan edi, ammo bu muddat ko'payib ketdi.
Fikrlar