PSJning 4 nafar futbolchisi diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2023, 16:15
Futbolchilar jamoaning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishadi.

PSJning 4 nafar futbolchisi Fransiya chempionatida 1 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Bu haqda Liga 1 rasmiy sayti xabar berdi.

Ro'yxatga Ashraf Hakimi, Randal Kolo-Muani, Usmon Dembele va Leven Kurzava kiritilgan. Futbolchilar "Marsel" a'zolarini haqoratlagani uchun jazolanishdi.

Jazo 10 oktyabrdan kuchga kiradi. Demak, yuqoridagi futbolchilar "Renn"ga (8 oktyabr) qarshi o'yinda ishtirok etishlari mumkin, ammo "Strasburg"ga (21 oktyabr) qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ligue1.com