PSJga "Manchester Siti" futbolchisi kerak
15 mar 2020 12:30
Yangiliklar


PSJga "Manchester Siti" futbolchisi kerak
"Calciomercato" xabariga ko'ra, PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappening jamoadan ketishiga tayyorlanmoqda.
Hozirda franciyalikka "Yuventus" va "Real" tomonidan jiddiy takliflar bo'lmoqda. SHu boisdan PSJ uning o'rnini to'ldirish maqsadida "Manchester Siti"dan Riyod Maxrezni tarkibga jalb qilmoqchi.
O'z navbatida "Manchester Siti" ham jazoirlik futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas. Ularga yaxshigina moliyaviy taklif berilsa, bu ko'rib chiqilishi mumkin.
Oldinroq PSJ Mbappening o'rniga "Liverpul" futbolchisi Sadio Manening nomzodini ko'rib chiqayotganligi borasida malumot berilgandi.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0
12:06
"Manchester Siti"ga yangi kelgan Sherki: "MYUni yo'q qilish uchun ular bilan o'yinni kutyapman" 22

Fikrlar