PSJga “Arsenal” futbolchisi kerak
03 iyu 2020 09:33
Yangiliklar
PSJ klubi ispaniyalik yana bir futbolchini o'z safida ko'rishni xohlamoqda. Parijliklar “Arsenal” himoyachisi Ektor Belerinni o'z safiga qo'shib olish niyatida. Qayd etilishicha, “Arsenal” va PSJ 30 mln evro narxda bir to'xtamga kelishi kutilmoqda.
Agar Belerin Parijga ko'chib o'tsa, yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadigan Toma Menening o'rnini egallaydi.
Fikrlar