PSJ yozda Ronaldu bilan 70 million evro evaziga shartnoma imzolashga urinib ko'radi
25 okt 2020 14:40
Yangiliklar


PSJ yozda Ronaldu bilan 70 million evro evaziga shartnoma imzolashga urinib ko'radi
PSJ kelasi yozgi transferlar oynasida "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni xarid qilishga urinib ko'radi.
Parijliklar portugaliyalik futbolchini "Real"ga ketishi mumkin bo'lgan Kilian Mbappening o'rniga ideal nomzod sifatida ko'rmoqda. Francuzlar "keksa sinora"ga 70 million evro to'lashga tayyorlar.
Ronalduning o'zi buni ichki chempionatda kamroq bosim bilan Evropada g'olib chiqish imkoniyati sifatida ko'rmoqda. Portugaliyalik yaqin vaqtlarda turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo bilan kelajagini muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazadi.
Qayd etish kerakki, "Yuventus" Ronalduni klubda olib qolish uchun barcha imkoniyatni ishga solmoqchi va buning uchun uning hamyurti Ruben Nevesh bilan ham shartnoma imzolashga tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar