PSJ yarim himoyachisi Guye ikki o'yinga evrokuboklardan chetlatildi
04 may 2021 09:51
Yangiliklar
PSJ yarim himoyachisi Guye ikki o'yinga evrokuboklardan chetlatildi
PSJ yarim himoyachisi Idrissa Guye CHempionlar Ligasi yarim final "Manchester Siti"ga qarshi ilk o'yindagi jiddiy foli uchun ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
SHunday ekan, futbolchi yarim final javob o'yinini va finalni yoki parijliklar "Siti"dan o'ta olishmagan taqdirda kelasi mavsumdagi ilk evrokubok o'yinini o'tkazib yuboradi.
Bundan tashqari, PSJ o'yinning boshini cho'zgani uchun 30 ming evro jarimaga tortildi. Javob o'yini bugun Manchesterda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar