PSJ Hakimi uchun 60 million evro to'lashga tayyor
29 may 2021 07:06
Yangiliklar
PSJ Hakimi uchun 60 million evro to'lashga tayyor
"Pari Sen-Jersen" Milanning "Inter" klubi himoyachisi Ashraf Hakimini xarid qilmoqchi.
22 yoshli futbolchi uchun PSJ 60 million evro to'lashga tayyor. SHuningdek Leandro Paredes bilan almashinuv va qo'shimcha pul to'lish varianti ham ko'rilmoqda.
Hakimi 2020/21 yilgi mavsum 37ta o'yinda maydnoga tushib, 7ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Futbolchining ilk klubi "Real" bo'lgan edi, ammo marokashlik asosiy jamoasiga kira olmadi va "Borussiya" (Dortmund)dagi ijaradan so'ng "Inter"ga sotildi.
Fikrlar