PSJ Xakimi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
26 iyu 2021 15:40
Yangiliklar
PSJ Xakimi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
PSJ "Inter" himoyachisi Ashraf Xakimi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 22 yoshli marokashlik futbolchi bilan tuziladigan shartnoma 5 yilga mo'ljallanadi.
Oldinroq malum bo'lganidek, transfer 70 million evroni tashkil etadi. O'yinchining maoshi esa yiliga 10 million evroga teng bo'ladi, bu "Inter"dagidan ikki barobar ko'p.
Xakimi "Inter"ga o'tgan yozda "Real"dan 40 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum 45ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Fikrlar