PSJ sport direktori Tuxelning kelajagiga aniqlik kiritdi
14 iyu 2020 21:55
Yangiliklar


PSJ sport direktori Tuxelning kelajagiga aniqlik kiritdi
Parijliklar rahbariyati vakili Leonardoning so'zlariga ko'ra, Tomas Tuxel keyingi mavsum ham jamoa ustozi sifatida faoliyat olib boradi.
“Tuxel bilan shartnoma yana bir yilga mo'ljallangan. U keyingi mavsum ham jamoani boshqarishda davom etadi. U juda yaxshi ishladi va ajoyib natijalarni ko'rsatdi. SHartnomani uzaytirishga kelsak, buni o'ylashga hali etarlicha vaqtimiz bo'ladi.
Qayd etishim lozimki, boshqa mutaxassislar bilan bog'lanmaganman. Tuxel bilan munosobatlarda esa juda samimiymiz”, deydi Leonardo.
Germaniyalik mutaxassis PSJni 2018 yil qabul qilib oldi. Uning boshqaruvida jamoa 2 martadan Franciya chempionligi va Superkubogini qo'lga kiritdi. ECHL joriy mavsumida esa jamoa chorak finalga chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar