"Manchester Siti" PSJ futbolchisi uchun 120 mln evro tayyorlamoqda
25 sen 15:12
Yangiliklar
"Manchester Siti" PSJ futbolchisi uchun 120 mln evro tayyorlamoqda
"Manchester Siti" yarim himoyada Rodrining o'rnini bosadigan futbolchi qidirmoqda.
"Fichajes"ning xabar berishicha, "shaharliklar" PSJ xavbeki Joau Nevesh uchun 120 mln evrolik transferga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Joau Nevesh 2024 yilning yozidan buyon PSJ sharafini himoya qiladi. Portugaliyalik parijliklar safida 63 rasmiy o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.
Eslatib o'tamiz, Joau Nevesh 2025 yilgi "Oltin to'p" uchun so'rovnomada 19-o'rinni egallagandi. U o'tgan mavsum PSJ bilan Liga 1, Franciya Kubogi, Franciya Superkubogi va Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi, keyin esa Portugaliya terma jamoasi bilan Millatlar Ligasi kubogini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar