PSJ sobiq futbolchisi Jeremi Menez yangi klubi bilan shartnoma imzoladi
27 sen 2019 11:45
Yangiliklar


PSJ sobiq futbolchisi Jeremi Menez yangi klubi bilan shartnoma imzoladi
Yarim himoyachi Jeremi Menez Franciyaga qaytdi.
32 yoshli o'yinchi erkin agent maqomida "Parij" bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi.
Poytaxt klubi 8 turdan so'ng Liga 2 ning so'nggi o'rnini band etib turibdi.
Menezning so'nggi klubi Meksikaning "Amerika" klubi bo'lgan edi. U shuningdek "Sosho", "Monako", "Roma", PSJ, "Milan", "Bordo" va "Antalyaspor" klublarida o'ynagan.
Menez Franciya chempionatida ikki marta (2013, 2014) g'alaba qozongan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar