

"Le Parisien" xabariga ko'ra, PSJ hozirda "Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remziga qiziqish bildirmoqda. Biroq "Calciomercato" xabariga ko'ra, uelslik futbolchi "Yuventus"ga o'tishi kutilmoqda.
PSJning yana bir varianti esa "Uotford" yetakchisi Abdulaye Dyukur bo'lib turibdi. Biroq Angliya klubi prezidenti futbolchini yozda PSJga o'tishi mumkinligini aytgan.
PSJ ushbu ikki futbolchidan birini qishda sotib olishga urinib ko'radi.
Ayni damda Tomas Tuxel boshchiligidagi PSJ Fransiya chempionatining 17 o'yinida atigi 4 ochko yo'qotdi. Jamoa 12 fevral kuni YCHLning 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.



