PSJ oxirgi olti uchrashuvda 1 ta gol o'tkazdi
17 jan 2021 09:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/614712_original.jpg)
![](/upload/storage/614712_220.jpg)
PSJ oxirgi olti uchrashuvda 1 ta gol o'tkazdi
Franciya chempionatining navbatdagi turida PSJ safarda “Anjer”ni (1:0) taslim etdi.
Parijliklar Franciya chempionatida olti uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lishmayapti – 4 g'alaba, 2 durang.
Ushbu davr oralig'idagi to'par nisbati -11:1. Jamoa so'nggi olti uchrashuvda yagona golni “Sent-Eten”dan o'tkazgan.
PSJ posboni Keylor Navas esa ushbu mavsumda 15 uchrashuvning 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligin saqlab kelmoqda.
PSJ ayni paytda 42 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ulardan bir o'yin kam o'tkazgan "Lion" hisobida 40 ochko mavjud.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar