PSJ Mbappega 160 million evrolik shartnoma taklif qilishga tayyor
27 dek 2019 18:50
Yangiliklar


PSJ Mbappega 160 million evrolik shartnoma taklif qilishga tayyor
PSJ franciyalik yulduzni jamoada olib qolmoqchi.
Parijliklar Kilian Mbappega yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. SHartnoma 5 yilga tuziladi va futbolchi yiliga 32 million evro maosh oladi.
Oldinroq malum bo'lganidek, PSJ Mbappening "Real"ga o'tishiga to'sqinlik qilish uchun hamma narsaga tayyor.
PSJ yozda jamoani Neymar ham, Mbappe ham tark etishidan xavfsiraydi. Braziliyalik futbolchi hali ham "Barselona"ga o'tish haqida o'ylab yuribdi.
Kilian Mbappening klub bilan tuzgan shartnomasi esa 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar