PSJ “CHelsi” futbolchisini ijaraga olmoqchi
24 sen 2020 21:10
Yangiliklar
PSJ “CHelsi” futbolchisini ijaraga olmoqchi
“Aristokratlar” himoyachisi Antonio Ryudiger joriy mavsumni Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
27 yoshli germaniyalikka PSJ qiziqish bildirmoqda. Parij klubi futbolchini ijaraga olmoqchi.
Avvalroq, Ryudiger jamoasini o'zgartirishga tayyorligini aytilgandi. U APL ilk turlarini qaydnomaga kiritilmagani sabab o'tkazib yubordi.
Antonioning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan. U 2019/20 yilgi mavsum jamoa libosida 20 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urishga erishgandi.
Fikrlar