Franciya chempionati. PSJ bir kishi kam bo'lib qolgan raqibini ayab o'tirmadi
23 jan 2021 07:28
Yangiliklar


Franciya chempionati. PSJ bir kishi kam bo'lib qolgan raqibini ayab o'tirmadi
“Park de Prens”da kechgan bellashuvning 19-daqiqasidayoq mehmonlar posboni Yonas Omlin Mbappega nisbatan qo'pollik ishlatdi va qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Bellashuvning 34-daqiqasida Mbappe jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada parijliklar safida 100-uchrashuvni o'tkazayotgan Neymar oradagi farqni oshirdi. Oradan bir daqiqa o'tib Ikardi hisobni yiriklashtirdi. 63-daqiqada raqib darvozasigi ikkinchi golini urgan Mbappe o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi -4:0.
SHu tariqa PSJ mamlakat chempionati 21-turidan keyin turnir jadvalida 45 ochko bilan birinchi pog'onada bormoqda. “Monpele” esa (28 ochko) 11-pog'onani band etgan.
Paris Saint-Germain Kylian Mbappe - 34', Neymar - 60', Mauro Icardi - 61', Kylian Mbappe - 63' |
Ligue 1 . 21-tur 23/01/2021, 01:00 0
:
4
Tugadi
|
Montpellier |
Stadion: Parc des Princes, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Willy Delajod
O’xshash yangiliklar

Fikrlar