So’nggi yangiliklar

02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  1 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  1 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  1 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  4 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  4 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  7 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  8 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  24 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  2

Pro ligada ikki yilda ikki xil natija qayd etgan "Buxoro" yana Superligaga qaytdi Yangiliklar

Pro ligada ikki yilda ikki xil natija qayd etgan "Buxoro" yana Superligaga qaytdi

Bundan ikki yil oldin "Buxoro" muxlislari sevimli jamoalarining Pro ligaga tushib ketganidan ranjishgandi.

2021 yil Pro ligada qatnashgan jamoa qancha harakat qilmasin, niyatiga etolmagandi va hattoki o'tish o'yiniga yo'llanma beruvchi 3-o'rinni qo'lga kiritolmay, 4-o'rin bilan kifoyalanishga majbur bo'lgandi. Buning sababini yozmay o'tib ketaman. Muxlislar bulturgi voqealar rivojini juda ham yaxshi bilishadi. Aslida Davron Fayziev boshida yaxshi natija qayd etib turgandi.... SHu bois eslashgayam arzimaydi. 

Bu yil boshida esa Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov tashabbusi bilan jamoaga yangi raxbar O'tkir Qodirov va yangi bosh murabbiy Hakim Fuzaylov keltirildi. Ko'pchilikning xabari bor, Fuzaylov oldingi yilda Samarqandning "Dinamo" jamoasini elitaga olib chiqib, u erdan esa o'z arizasiga asosan "bo'shatilgandi". 

Yangi mavsum "Buxoro"da ish boshlagan murabbiy dastlab jamoani yangiladi. Legionerlardan Dmitriy Sidorenko, Oleg Marchuk, Rizvan Ablitarov, Nikola Stoshich, mahalliy futbolchilardan Obid Jo'raboev, Ro'zimboy Ahmedov kabi mahoratli futbolchilarni jalb etdi. CHempionat boshida 1-turda Buxorodagi maydon xali to'liq tamirlanmagani tufayli o'z maydonida bo'ladigan uyinlarni vaqtincha Samarqand shaxridagi stadionda boshlashga majbur bo'lgandi. 



Birinchi turda elitadan uchinchi bo'lib tushgan Muborakning "Mashal" jamoasi bilan durang (2:2) qayd etilgan. SHundan keyin tanqidlar yog'ilib, jamoa duranglar iskanjasiga kirib qoldi. Birinchi g'alaba Yaypanning "Turon" jamoasiga qarshi o'yinda qo'lga kiritildi (2:1). O'shanda ko'pchilik muxlislar bu yilgi asosiy raqiblar aynan "Turon" va "Andijon" jamoalari bo'lishini anglab etdilar. Tajriba bobida ancha malakali mutaxassiz hatto jamoadan ketishga ahd qildi, ammo Buxoro futboli mutasaddilari unga imkon berishdi. Bu imkoniyatga javoban Hakim Fuzaylov o'z vazifasiga eng shimarib kirishdi. O'yini qovushmagan legionerlarning barchasiga javob berib, faqat serbiyalik darvozabon Stoshichni saqlab qoldi. SHUningdek, mahalliy futbolchilardan ko'pchiligi boshqa jamoalarga yo'l olishiga qo'yib berildi. Ularning o'rnini to'ldirishda esa tanlovlarda adashmadi. Asosan yosh futbolchilarni jalb etgan murabbiy Hakim Fuzaylov ko'rib turganingizdek, ikkinchi marta Pro ligada qatnashib, Superligaga yullanma olgan murabbiy sifatida tarixda qoldi. Asosiy raqiblari xisoblanmish "Andijon" va "Turon" jamoalarini mag'lub etib, Pro ligada ikkinchi o'rinni egallash vazifasini uddaladi. Buning uchun Fuzaylovga alohida rahmat aytamiz. 

Yana shuni yozib o'tmoqchimanki, "Buxoro" jamoasi Superligaga yo'llanma olishi yo'lida harakat qilgan barcha-barchaga minnatdorlik bildirib o'tmoqchiman. Qo'shimchasiga "Buxoro"ga raqiblik qilgan jamoalarga tashakkur izhor qilaman, ularning keyingi o'yinlariga omad tilayman. Alohida aytish joiz, Pro ligada ishtirok etgan "Xorazm" jamoasi o'z uyini bilan meni lol qoldirdi, asosan, yoshlardan tashkil etilgan va tarkibida hech kim tanimaydigan afrikalik futbolchi Rokki Marchiano ijobiy taassurot qoldirdi. Kuni kecha bo'lib o'tgan "Xorazm" – "Buxoro o'yinida ham diqqat markazida aynan Marchiano bo'ldi. Ming harakat qilmasin, niyatiga etolmadi Rokki, chunki tajriba baribir o'z so'zini aytdi. To'g'ri, Rokki to'p kiritdi, ammo bu urgan goli aynan "Turon"ga omad keltirmadi. 

So'zim oxirida "Buxoro" jamoasiga befarq bo'lmagan insonlar, jamoa fan-klubi, fidoyi muxlislari va albatta "Buxoro" jamoasi barcha futbolchilariga rahmat aytib, Superligada kamida sovrinli o'rinlarni birini egallashini tilab qolaman.

Nodirbek Rustamovich

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика