PRO liga. “Xorazm” - “Dinamo” o'yini bir kunga kechiktirildi
15 iyu 2020 16:44
Yangiliklar


PRO liga. “Xorazm” - “Dinamo” o'yini bir kunga kechiktirildi
Pro liga 3-turidan o'rin olgan “Xorazm” va “Dinamo” o'yini bugun - 15 iyul kuni 18:30 da start olishi kerak edi.
Mazkur uchrashuv kamida bir kunga kechiktiriladi.
“Dinamo” klubi kecha — 14 iyul kuni Xorazmga etib kelib, mehmonxonaga joylashdi. Ammo bugun tongda klub futbolchilarini tibbiy tekshiruvdan o'tkazish zaruriyati paydo bo'ldi. Futbolchilar sog'ligi masalasi birinchi o'rinda ekanidan kelib chiqib, O'zPFL uchrashuvni kamida bir kunga qoldirish masalasini qo'llab-quvvatladi.
Bugun “Dinamo” futbolchilari tekshiruvdan o'tadi. Ertaga tushga qadar futbolchilarning holati barqaror deb topilsa, Pro liga 3-turidan o'rin olgan uchrashuv o'tkaziladi. Vaziyat nisbatan keskinroq bo'lsa, mazkur bellashuv avvaldan belgilab qo'yilgan zaxira kunlaridan birida bo'lib o'tadi.
O'zPFL mazkur ish bo'yicha barcha yangiliklarni yoritib boradi.
O’xshash yangiliklar
20:55
Superliga 4-tur qoldirilgan o'yinida "Xorazm" Navoiyda "Qizilqum"ni yirik hisobda taslim qildi 19
20:34
O'zPFL "Buxoro" - "Andijon" va "Xorazm" - "Dinamo" uchrashuvlari qaerda bo'lishini malum qildi 3
15:14
Temur Ismoilov: "Paxtakor"dek jamoa darvozasiga gol urish yoqimli, biroq natija muhimroq edi" 0

Fikrlar