So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

PRO-liga. Tureev 12 o'yinda qilgan ishni, Quttibaev 1 o'yinda bajardi Yangiliklar

PRO-liga. Tureev 12 o'yinda qilgan ishni, Quttibaev 1 o'yinda bajardi

Kecha Pro-Liganing navbatdagi turida Nukusning "Orol" jamoasi o'z maydonida G'uzorning 'SHo'rtan" klubini qabul qilib 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Etiborga molik jihati nukusliklar bundan oldingi 12 ta uchrashuvda Quvat Tureev boshchiligida 12 o'yin o'tkazib atigi 1 ta g'alabaga erishishga edi. SHundan so'ng klubda murabbiy o'zgardi. 2 yarim yillik tanaffusdan so'ng Nematulla Quttibaev jamoa murabbiyligiga qaytdi. Bu futbolchilarga ham ijobiy tasir ko'rsatdi. Natijada "Orol" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini tantana qildi.  Yani Tureev 12 o'yinda amalga oshirgan ishini qaytalash uchun Quttibaevga bir o'yin kifoya qildi.

Uchrashuvga "Orol" fan-klubi ham o'zgacha tayyorgalik bilan keldi. Nematulla Quttibaevning qaytishi sharafiga maxsus banner ishlandi. Oxirgi marta qaysidir fuutbolchi yoki murabbiyga atab bunday banner ishlanganini nukuslikl muxlislar ham eslay olishmasa kerak.

Xullas Nematulla Quttibaevning qaytishi omadli keldi va shunday davom etishini tilab qolamiz.

“OROL” - “SHO'RTAN” 3:1
Nukus shahri. “Turon” stadioni. 1355 tomoshabin.
Hakamlar:
Elyor Tursunov, SHavkat Raxmatov, Dilshod Jumaniyazov.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
Komissar: Bekzod Aripov.
Gollar: Miras Karlibaev, 3 (1:0). Nurlibek Talasboev, 36 (2:0). Navro'z Xaipov, 40 (3:0). Islom Seytnazarov, 90+3 (3:1).
"Orol”: Ulug'bek Yangiboev, Rasul Musaev (Polat Kaipnazarov, 76), Islom Seytnazarov, Nurlibek Talasboev (Aybek Sdikov, 86), Miras Karliboev, Damir Nizanov, Navro'z Xaipov (Ulug'bek Qutiboev, 87), Albert Sdikov, Baxtiyor Arazov, Azamat Bobojonov (Xudoyor Eraliev, 89), Ulug'bek Qodirberdiev (Alisher Saburov, 35).
“SHo'rtan”: Alibek Turobov, Muhammadali Aliqulov (Jamol Otaqulov, 46), Xolmurod Xolmurodov, Olimjon Karimov, Siroj Rahmatullaev (Jonibek Mirzaqulov, 57), Maruf Murodov (Jasur Xolto'raev, 53), Mo'min Meliev (Kenja To'raev, 65), Muhammadali Abdurahmonov, Og'abek Erkinov, Otabek Narzullaev, Obid Jo'raboev.
Ogohlantirishlar: Navro'z Xaipov (16) - Jonibek Mirzaqulov (89).
CHetlatish: Obid Jo'raboev (85).

Furqat Yusupov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика