Pro liga. SHokir Yo'ldoshev "SHo'rtan"ni tark etdi
22 jan 2021 17:10
Yangiliklar


Pro liga. SHokir Yo'ldoshev "SHo'rtan"ni tark etdi
Asror Aliqulov bosh murabbiyligidagi “SHo'rtan” futbolchilari belgilangan reja asosida kuniga ikki mahaldan G'uzordagi o'z qarorgohlarida mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.
Mashg'ulotlarning asosiy qismida, futbolchilar texnik-taktik uslubga va to'p bilan ishlashga urg'u berishmoqda.
Yangi mavsumga tayyorgarlik boshlagan “Oq bo'rilar” tarkibini tajribali futbolchi, jamoaning o'tgan 2020 yilgi mavsum to'purari, maydonda 14 raqam ostida o'ynagan SHokirjon Yuldoshev tark etdi.
“SHo'rtan” PFK rahbariyati, murabbiylar guruhi hamda ko'p ming sonli futbol muxlislari SHokirjon Yo'ldoshevga “Oq bo'rilar” tarkibidagi faoliyati uchun o'z minnatdorligini bildiradi va uning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.
"SHo'rtan" PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar