Pro liga. Bugun Andijonda "Vodiy derbisi" bor
13 avg 2022 10:39
Yangiliklar
Bugun esa tur doirasidan o'rin olgan 2 ta bahs o'tkaziladi. "Andijon" "Bobur Arena"da "Turon"ni mehmon qilsa, "SHo'rtan" "Aral Samali" maydoniga safar uyushtiradi.
Pro liga. 15-tur
13 avgust, shanba
ANDIJON — TURON
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Daler Tillaev, Amir Galeev
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: SHohruh Said
La Ligani ko'ra olmasligingiz mumkin, biroq sizda muqobil variant sifatida Pro liga doirasidagi "Vodiy derbisi"ni ko'rish imkoniyati qoladi. Liga etakchilari bahsini tomosha qilish uchun Toshkent vaqti bilan 17:00 da oynai jahon pultini qo'lga olib, darhol Futbol TVga ulaning.
ARAL SAMALI — SHO'RTAN
Hakamlar: SHuhrat Rajabov, Dilshod Jumaniyozov, Jasur Tursunboev
Nazoratchi: Bobur Qodirov
Komissar: Oybek Yunusov
Musobaqa jadvalidagi holat
O’xshash yangiliklar

Fikrlar