So’nggi yangiliklar

12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  1 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  1 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  14 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  22

PRO-Liga. “A” guruhi, hakamlar statistikasi. Eng ko'p o'yin Zokir Qodirovda va boshqa qiziqarli faktlar! Yangiliklar

PRO-Liga. “A” guruhi, hakamlar statistikasi. Eng ko'p o'yin Zokir Qodirovda va boshqa qiziqarli faktlar!

Xabaringiz bor, o'tgan haftada PRO-Liga o'yinlariga yakun yasaldi.

Endilikda mavsumning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. “A” guruhida muxlislar bir qator qiziqarli to'qnashuvlarga guvoh bo'ldi. Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi PRO-Liga bahslariga ham Superligadi hakamlarni tayinlagani ham so'zimizga isbot bo'ladi. Xatto “A” guruhidagi uchrashuvlarning ko'pini FIFA referilari boshqarib borganini ko'rdik. Valentin Kovalenko, SHerzod Qosimov, Ilgiz Tantashev, Ahrol Risqullaev, Aziz Asimov shular jumlasidandir.



“A” guruhidagi o'yinlarni boshqarib borish bo'yicha Zokir Qodirov etakchilik qildi. Navoiylik hakamning chekiga 10ta uchrashuvni boshqarish tushdi. Qodirov “Dinamo” ishtirokidagi 4ta o'yinni, “Surxon”ning 3ta uchrashuvini, “Mashal” va “Andijon”ning 2tadan bellashuvini boshqarib borganini ham qo'shimcha qilish joiz.

Futbolchilarga sariq kartochka ko'rsatish borasida SHerzod Qosimovga teng keladigani topilmadi. Toshkentlik FIFA referisi o'zi boshqarib borgan 8ta o'yinda jami 39ta futbolchini sariq kartochka bilan siyladi. Yana bir qiziq fakt: Qosimov bu yil “Andijon”ning 5ta o'yinini boshqargan, shundan 4tasida “burgutlar” g'alaba qozongan bo'lsa, yana bir uchrashuvda durang qayd etgan.



 
Penalti belgilash bo'yicha ham SHerzod Qosimov etakchilik qildi. U bilan birga Ilgiz Tantashev ham 5ta 11 metrlik to'pi belgiladi.

Joriy mavsum PRO-Liganing “B” guruhida g'olib bo'lgan “Nurafshon” jamoasida ham faoliyat yuritgan Dauletboy Jalimov “A” guruhida 1ta o'yinni boshqardi. “Istiqlol” – “”Xorazm” (2:0) uchrashuvida Jalimov birorta ham futbolchiga kartochka ko'rsatmagan.


Hakam

O'yin

SK

QK

Pen

Zokir Qodirov

10

28

3

3

Akobirxo'ja SHukurullaev

9

32

3

4

Asker Najafaliev

8

19

3

3

Vadim Agishev

8

29

1

3

Viktor Serazetdinov

8

33

3

3

Ilgiz Tantashev

8

29

3

5

SHerzod Qosimov

8

41

3

5

Jasur Muxtorov

7

23

3

2

Ishoq Ibragimov

7

20

0

2

Ahrol Riqkullaev

6

27

1

2

Vladislav Ceytlin

6

16

3

0

Olim Tolibjonov

6

10

0

0

Elyor Tursunov

6

16

1

1

Igor Xudaydatov

5

21

3

3

Hasan Ro'ziev

5

14

0

1

Ahmad Ergashev

4

12

0

1

Naim Qosimov

4

16

1

2

Olim To'ychiboev

4

19

0

0

Timur To'xtasinov

4

19

2

3

Firdavs Norsafarov

4

13

1

2

Aziz Asimov

3

14

2

2

Valentin Kovalenko

3

10

0

0

SHavkat Nasibullaev

3

6

0

3

SHuxrat Rajabov

3

9

0

1

Dauletboy Jalimov

1

0

0

1

Komiljon Rasulov

1

4

0

0

Ravshan Abduvohidov

1

5

0

0

Rustam Lutfullin

1

3

0

2

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика