Prezidentimiz Farg'onada "Neftchi"ning yangi qurilayotgan stadioniga tashrif buyurdi
27 iyu 2014 10:40
Yangiliklar
Prezidentimiz Farg'onada "Neftchi"ning yangi qurilayotgan stadioniga tashrif buyurdi
Farg'ona shahrining qiyofasi qisqa muddatda butunlay o'zgarib borayapti. SHubhasiz bunda yurtboshimizning xizmatlari katta bo'layapti.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 26 iyun kuni Farg'ona viloyatiga keldi.
Mamlakatimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish, futbol maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, murabbiylar va hakamlar malakasini oshirish yuzasidan keng ko'lamli ishlar bajarilmoqda.
Farg'ona shahrida bunyod etilgan 20 ming o'rinli stadion mazkur yo'nalishdagi ishlarning izchil davomidir. Bu stadion o'zining noyob memoriy va muhandislik echimi, betakror dizayni bilan Farg'ona ko'rkiga ko'rk qo'shmoqda.
Davlatimiz rahbari ushbu stadionni borib ko'rdi.
Prezidentimiz stadionda sportchilar, tomoshabinlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, yosh sportchilar, xususan, futbolchilar tarbiyalashga etiborni yanada kuchaytirish zarurligini takidladi.

Fikrlar