So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv"

Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan eng so'nggi uchrashuv "Qo'qon-1912" va "Lokomotiv" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Lokomotiv (Toshkent)
30 may 2016. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 17:30
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), O. Jumaev (Navoiy), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

“Qo'qon-1912” va  “Lokomotiv” klublari oliy ligada faqat ikki bor to'qnash kelishgan. Ikkala bahs ham 2015 yilda bo'lib o'tgan. Toshkentda kechgan uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gol “temiryo'lchilar”ga g'alaba keltirgan – 1:0. Qo'qondagi uchrashuvda mehmonlar Temur Kapadze va Sanjar SHoahmedov tomonidan urilgan golla evaziga oldinga chiqib olishgandi. Bunga bahs oxirida Otabek Haydarov ikkita goli bilan javob bergandi – 2:2.

“Qo'qon-1912” bu mavsumda 9ta uchrashuvning 2tasida g'olib bo'ldi va 7 marta imkoniyatni boy berib qo'ydi. 4ta gol urib o'z darvozasidan 19ta gol olib chiqdi. Olti ochko to'plagan qo'qonliklar musobaqa jadvalining 14-pog'onasida borishmoqda.

“Lokomotiv” 8ta g'alaba va 1ta durang qayd etib 25 ochko bilan chempionatda “Bunyodkor” bilan birga peshqadamlik qilmoqda. “Temiryo'lchilar” 23ta to'p kiritib 5ta gol o'tkazib yuborishgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика