So’nggi yangiliklar

13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  1 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  4 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  15 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11

PREVYU. OKMK bugun "Lokomotiv" stadionida tarixiy g'alabani qo'lga kiritadimi yoxud shogirdlar ustozga qarshi Yangiliklar

PREVYU. OKMK bugun "Lokomotiv" stadionida tarixiy g'alabani qo'lga kiritadimi yoxud shogirdlar ustozga qarshi

Teglar :  LokomotivOKMK
Bugun "Lokomotiv" - OKMK uchrashuvi bilan Superliganing 7-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Qiziqarli o'tishi kutilayotgan o'yin ikki jamoa uchun ham muhim hisoblanadi.

1. Turnir jadval

OKMK ayni paytda 8 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. "Lokomotiv" esa bir pog'ona pastda va unda ham 8 ochko mavjud. Bu erda farq to'plar nisbatida qolmoqda. Bugungi g'alaba ikki jamoadan birini ekvatorga olib chiqishi mumkin. 

2. Ular sobiq jamoasiga qarshi 

Joriy mavsum qishki transfer oynasida o'tgan mavsum OKMKda to'p tepgan bir nechta futbolchilar "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi. Sanjar Tursunov, Anzur Ismoilov, Muhammadanas Hasanov, Suhrob Sultonov, Jasur Hakimov bugun sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Tursunov etakchiligidagi jamoa OKMKGa qanday qarshilik ko'rsatishi barcha uchun qiziq bo'lishi tabiiy. SHuningdek, "temiryo'lchilar" ustozi Aleksandr Stoymirovich o'tgan yili Olmaliqda Qosimovning murabbiylar shtabida faoliyat olib borgandi. 


3. O'zaro o'yinlar. OKMK tarixiy g'alaba ostonasida 

Jamoalar shu kungacha Toshkentda 14 marotaba to'qnash kelishgan. Ustunlik mutlaqo mezbonlar tomonida, 12 g'alaba. Faqatgina 2 ta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. OKMK so'nggi marotaba 2021 yil "Lokomotiv" maydonidan ochko bilan qaytgan (1:1). So'nggi uchrashuv esa Olmaliqda bo'lib o'tgan, unda olmaliqliklar 4:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan. OKMK o'z tarixida "Lokomotiv" stadionida g'alaba qozonmagan va bugun ular bu ishni uddasidan chiqishi mumkin. 


4. Mutaxassis fikri

 

Jafar Irismetov - OKMK barqaror o'yin ko'rsata olayotgani yo'q. 2-3 ta turda yaxshi taassurot qoldirishdi. "Nasaf" bilan o'yinda imkoniyatni boy berishdi. 2 ta bir-biriga mos jamoa. OKMK raqibiga nisbatan tajribaliroq. "Lokomotiv"da esa yoshlar bor. Taxminimcha, o'yin durang natija bilan yakunlanadi.

5. Ravshan Abduvohidov 4 yildan so'ng "Lokomotiv" o'yinida ishlaydi 

Ushbu bahsni boshqarish uchun Ravshan Abduvohidov boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlangan. Qayd etish mumkinki, shu kungacha mazkur hakam 3 ta o'yinda ishlagan va ularning 2 tasida "temiryo'lchilar" 2 ta g'alaba qozongan, 1 ta o'yin durang bilan yakunlangan. Ravshan Abduvohidov so'nggi marotaba 2020 yil 25 sentyabr kuni "Lokomotiv" ishtirokidagi bahsni boshqargan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика