So’nggi yangiliklar

21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  3 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  6 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  4 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  4 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  12 16:49"Барселона" ярим ҳимоячиси жароҳат сабаб 3-4 ҳафтага сафдан чиқди  0 16:22"Манчестер Юнайтед" бош директори: "Эрик тен Хаг бизга мос мураббий"  12

Prevyu: Londonda fantastik janridagi kino ko'ramizmi yoki nemischa romantikami? Yangiliklar

Prevyu: Londonda fantastik janridagi kino ko'ramizmi yoki nemischa romantikami?

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final doirasidagi javob uchrashuvlarini muxlislar intiqlik bilan kutishgani rost.

Bugun nihoyat chorak final yo'llanmasini rasman hal etadigan ikkita jamoa nomini bilib olamiz.

Myunxendagi bahsda "Bavariya" bu to'qnashuvdagi barcha masalalarni echib qo'ygandek ko'ringandi. Madridda esa "Real" o'zi uchun kerakli natijani qayd etganidan "qaymoqrangliklar"ning qo'ngillari to'q.
Lekin javob o'yinlari yaqinlashgani sari "kanonirlar" ishqibozlari ham, neapoliik futbol ihlosmandlari ham kichik mo'jizaga ishonishayotgandek. Ularda kichik bo'lsada umid bor.


Dastlab Londonda bo'ladigan "Arsenal" hamda "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi bellashuv haqida to'xtalamiz.
Karlo Anchelotti jamoasi ilk o'yinda ishonchli va yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirishgan. SHu boisdan ham ular Londonga alo kayfiyat va ortiqcha qo'rquvlarsiz tashrif aylashgani bor gap. Lekin jamoa bosh murabbiyi Anchelotti futbolchilardan xotirjamlikka berilib ketish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini matbuot orqali ham bot-bot eslatmoqda. "Arsenal" agarda o'z tarixidagi eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazishni uddalay olsa, o'sha Mnxendagi uchrashuvdan keyingi yangragan fikrlar va taxminlar o'zinin oqlamay qolishi mumkin. Arsen Venger jamoasida bu ishni amalga oshirish uchun 90 daqiqa vaqt mavjud. O'ta qiyin masala. Lekin bu futbol va ushbu sport turida bazan g'ayri-oddiy va fantastik natijalar ruy berib turadi. Har holda "Arsenal" muxlislari va futbolchilari shu umid ila bugungi to'qnashuvga o'zlarini tayyorlashmoqda. "Arsenal" avvalo o'z imidji, muxlislari g'ururi uchun ham g'alaba qozonishga harakat qiladi. Ularni oldilarida turgan asosiy vazifa g'alaba. Bu g'alaba ularni chorak finalga olib chiqish-chiqmasligi boshqa masala.
Arsen Vengerning takidlashicha, "Arsenal"ning birgina ustunligi bu ularning oldilariga hujum qilishdan o'zga chora yo'qligidir.
Haqiqatdan ham, "Arsenal" bugun o'z omadini faqat hujumda izlashiga to'g'ri keladi. Futbolchilar bugun jamoa shanini munosib himoya etishlari darkor.

"Bavariya" esa mavjud ustunlikni saqlab qolgan holda, o'z uslubidan voz kechmaslikka va mahoratlarini ishga solib Londondan ham g'alaba bilan qaytishga urinib ko'rishadi. Bu uchrashuvdagi natija jamoaning umumiy kayfiyatiga salbiy tasir ko'rsatmasligi uchun ham "Bavariya" mag'lubiyatdan qochishga, g'alabali odimni davom ettirishga harakat qilishi tayin.

"Bavariya"ga bugun diskvalifikaciya tufayli jamoa sardori Filip Lam yordam bera olmaydi. SHuningdek, yaqinda jarohatidan forig' bo'lgan Jerom Boateng ham Myunxenda qoldirilgan. Manuel Noyerni uchrashuv oldidan kichik jarohat bezovta qilgani dunyoning ketma-ket 4 karra eng yaxshi darvozaboni kechagi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan. Ammo Karlo Anchelotti Noyer bilan barchasi joyida va u ertaga maydonga tushadi, deb aytib o'tdi. Agarda Noyer o'zini yaxshi his etsa, unda Londondagi bahsda jamoani sardorlik bog'ichi bilan boshlab tushadi. Aks holda Ulrayx darvozani qo'riqlaydi.

"Arsenal"da Mesut O'zil uchrashuvni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Elneni, Kasorla hamda Mertesaker bugungi bellashuvda jamoasiga ko'maklasha olishmaydi.

Bu to'qnashuvda barcha masala deyarli hal etilganini takidladik. "Arsenal"ga fantastik o'yin va super omad yordam berishi mumkin xolos.
Birgina savol turibdi, Londonda fantastik janridagi kino ko'ramizmi yoki har doimgidek nemischa romantikami? Buni tunda bilib olamiz.

Fakt: "Arsenal" mo'jiza qayd eta olmasa, unda ketma-ket ettinchi marotaba ECHLdagi yurishini nimchorak finalda yakunlashga majbur bo'ladi.


Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final.

Javob uchrashuvi.


"Arsenal" - "Bavariya"

"Emiraytes" stadioni.

Bosh hakam
: Anastasios Sidiropoulos (Greciya)

Dastlabki o'yin: (1:5)

"Arsenal" (taxminiy tarkib): Ospina; Belerin, Mustafi, Koselni, Monreal; Koklen, Djaka; Oksleyd-CHemberlen, Ivobi, Uolkott; Sanches.
O'ynamaydi: Ezil (shamollagan), Elneni (to'piq), Kasorla (to'piq), Mertesaker (tizza jarohati)


"Bavariya" (taxminiy tarkib): Noyer; Rafinya, Martines, Alaba, Bernat; Kimmix, Alkanatara, Myuller; Kosta, Robben; Levandovski.
O'ynamaydi: Lam (diskvalifikaciya), Boateng (rotaciya)


Bu o'yinga nisbatan intriga saqlab turgan bellashuv Neapolda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda Madridda "Real"dan 3:1 hisobidagi mag'lubiyatga uchragan "Napoli" bugun "San Paolo"da "qaymoqrangliklar"dan qasd olishga urinib ko'radi. Neapolda har qanday raqibga etarlicha muammo tug'diradigan "Napoli"ni to'xtatish "Real"ga qiyin bo'lishi tabiiy.
Tarkib, tajriba hamda futbolchilarning mahorati jihatidan madridliklar ustunlikka egalar. Ammo "Napoli"da ajoyib jamoa bor. Bu jamoada iqtidorli futbolchilar, kuchli ijrochilar etarlicha topiladi. "Napoli"ning hujum uchligi bugun o'z tezligidan foydalana olsa, "Real" himoyachilarining "radari"ga tushib qolmasa, unda "San Paolo"da neapolliklar bayram qilishlari ham mumkin.

Birinchi uchrashuvdan keyin chorak finalga yo'l olish imkoniyati albatta "Real"da ko'proq. "Napoli"ning yagona muvaffaqiyati bu ularning mehmonda gol urishni uddasidan chiqishgani bo'ldi. Qolgan vazifani endi o'z uylarida amalga oshirishlari lozim bo'ladi. "Real" esa bugun himoyaga etibor qaratgan holda, qarshi hujumda o'z paytini poylaydi. "Real" bugun bitta gol urishni uddalasa, unda "Napoli"ga juda qiyin bo'ladi. Mauricio Sarri shogirdlari ikkita to'p farqi va shuning barobarida o'z darvozalari dahlsizligini ham o'ylashlariga to'g'ri keladi. Aks holda "Napoli"ning vazifasi birmuncha qiyinlashadi. Bu uchrashuvda tezkor gol juda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda "Napoli" o'z muxlislari qarshisida tezkor gol kiritishga muvaffaq bo'lsa, keyinchalik bu jamoaga ruhiy taraflama ham katta tashabbus beradi.

Ayni paytda "Napoli"ning asosiy quroli bu hujum chizig'i bo'lsa, "Real"dagi eng ojiz nuqta bu himoya. "Real" o'tkazilgan oxirgi to'rtta bellashuvda o'z darvozasidan (8ta) sakkizta gol qo'yib yuborgani ham barchasini ko'rsatib turibdi. "Real"dek jamoa uchun bu ko'rsatkich albatta uyatli holat.
Zinedin Zidan himoya markazida har xil juftliklardan foydalanib ko'rmoqda. Zidan so'nggi to'rtta o'yinda uch xil juftlikni o'ynatib ko'rdi. Ramos - Pepe, Ramos - Nacho, Ramos - Varan juftliklari navbatma-navbat almashib o'ynashdi.
Bugun esa Zidan katta ehtimol bilan Ramos hama Pepeni himoya markazida o'ynatishi aniq. CHunki Varanda jarohat bor va franciyalik himoyachi uchrashuvda ishtirok etolmaydi.
"napoli"ga qarshi o'yin oldidan Zidanni ko'proq yo'lantirayotgan jihat bu so'zsiz himoyadagi betartiblik va jamoaning ko'p gol o'tkazib yuborayotganligi.

Zidan qo'l ostidagi "Real"ning eng katta muvaffaqiyatidan biri bu jamoaning o'zgacha xarakterga ega ekanligi. "Real" ko'plab o'yinlarda mag'lubiyatga uchrab turib yaunda irodali g'alabalarga ko'p erishmoqda. Bazida esa juda qiyin tuyulgan o'yinlarning so'nggi daqiqalaridan mag'lubiyatdan qutilib qolish choralarini topishga erishmoqda. Bu ham omad va jamoada xarakter mavjudligidan dalolat. Zidan hozircha juda omadli murabbiy ekanligini hech kim inkor etmasa kerak. Taktik jihatdan esa bu murabbiy ancha o'smoqda, shakllanish davrida. Mauricio Sarri esa taktik taraflama o'z hamkasbidan ancha tajribali va malakali murabbiy. Bugun Sarri Zidanga qanday scenariy tayyorlab qo'yganini birozdan so'ng bilib olamiz.

Mauricio Sarri aytganidek, "Real" amaldagi Jahon chempioni. "Napoli" murabbiyining takidlashicha, jamoasining muxlislari ham jahonda tengsiz. Aynan jamoa ishqibozlari bugun futbolchilarning ko'zidagi olovni yondirishga asosiy sababchi bo'lishadi.

Zidan esa Neapolda qanday muxlislik qilishlarini juda yaxshi biladi. "Real"ning amaldagi bosh murabbiyi "Yuventus"dagi futbolchilik faoliyati orqali bu erdagi muhitdan xabardor.


Javob uchrashuvi.

"Napoli" - "Real"

"San Paolo" stadioni.

Bosh hakam
:  Juneyt CHaqir (Turkiya).

Birinchi o'yin: (1:3)

"Napoli" (taxminiy tarkib): Reyna; Xyusay, Kulibali, Albiol, Gulyam; Zelinski, Diavara, Gamshik; Kalexon, Mertens, Insine.
So'roq ostida: Allan (bedro)

"Real" (taxminiy tarkib): Navas; Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo; Kroos, Kazemiro, Modrich; Beyl, Benzema, Ronaldu.
O'ynamaydi: Varan (jarohat), Koentrau (jarohat)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика