Prevyu. "Lokomotiv" - "Mashal"
15 apr 2016 09:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204827_original.jpg)
![](/upload/storage/204827_220.jpg)
Prevyu. "Lokomotiv" - "Mashal"
Lokomotiv (Toshkent) – Mashal (Muborak)
15 aprel 2016. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:30
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
“Mashal“ va “Lokomotiv“ oliy ligada jami 20 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar "Loko"ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 20 bahsning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 10ta o'yinda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati “Mashal” foydasiga 25:24. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 28, “Lokomotiv” 31 ochkolik bo'lgan.
“Lokomotiv”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. O'z navbatida “Mashal”ning “temiryo'lchilar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1 ni tashkil etadi.
O'tgan mavsum dastlabki davrada “Lokomotiv” safardan g'alaba bilan qaytgan. Sanjar SHoahmedov, Temurxo'ja Abduxoliqov va kichik Jasur Hasanovning gollariga mezbonlar safida Humoyun Murtazoev javob bergandi – 1:3. Toshkentdagi bahs taqdirini Marat Bikmaev tomonidan urilgan yagona gol hal qilgandi - 1:0.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
04.11.2015 Lokomotiv - Mashal 1:0
01.10.2014 Lokomotiv - Mashal 3:1
15.06.2012 Lokomotiv - Mashal 1:0
26.08.2010 Lokomotiv - Mashal 0:2
18.04.2009 Lokomotiv - Mashal 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z uyida “Mashal”ga qarshi kechgan 10ta o'yindan oltitasida g'olib bo'lgan. Uchta o'yinda muborakliklar zafar quchishgan. Bir bor durang qayd etilgan. “Temiryo'lchlar” oxirgi 3ta uy o'yinida uch bor g'olib bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar