So’nggi yangiliklar

01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  8 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  6 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Саутгемптон" баҳси асосий таркиблари маълум!  7 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  18 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  1

Prevyu: Kot-d’Ivuar - Yaponiya. Drogbaning so'nggi mundiali Yangiliklar

Prevyu: Kot-d’Ivuar - Yaponiya. Drogbaning so'nggi mundiali

Na Kot-d’Ivuar, na Yaponiya JCH saralash bahslarida muammoga uchramadi. Yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak, yaponlar bilan 3-bosqichda bir guruhdan joy olgan edik.
So'nggi etapga kelib yaponlarni to'xtatib bo'lmadi. Kun chiqar yurt vakillari Avstraliyani 4 ochkoga ortda qoldirdilar. Bugungi Yaponiya ancha kuchaygan. 7 nafar futbolchisi bundesligada to'p tepadi. Nagatomo, Xonda va Kagava esa terma jamoaning asosiy kuchi. Yaponiya Kot-d'Ivuarga nisbatan ancha yosh. Sabri Lyamushi musobaqada tavakkal qilishni istamadi. U tomonidan turnirga olib kelingan futbolchilarning juda ko'pchiligi 29-33 yosh oralig'ida. Silven Gbouogina ichki chempionatda qatnashadi. Ammo darvozabon amluasidagi bu futbolchini JCHga zaxira futbolchi sifatida kelganligini inobatga olsak, afrikaliklar to'liq legionerlar xizmatidan foydalanishini ko'rishimiz mumkin. Bugungi tezkor futbolda tajribadan ko'ra ko'proq jismoniy tetiklik katta rol o'ynashini kecha Gollandiya terma jamoasi isbotlab berdi. Yaya Ture maydonga tushmaydi degan gaplar yuribdi. "Manchester Siti"da mavsumni ko'taringki ruhda o'tkazgan futbolchi Kot-d'Ivuar uchun jiddiy yo'qotish bo'ladi. Huddi shunday yo'qotishga Yaponiya ham uchragan.





JCH oldidan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlarida qatnasha olmagan Xasebe bugun maydonga tusha olmasa kerak. Terma jamoaning sardorini yo'qligi Yaponiyaga qiyinchilik tug'dirishi mumkin.

Bu ikki terma jamoa ilk marotaba 1993 yili o'zaro to'qnash kelganlar. Afro-Osiyo kubogidan o'rin olgan bahsda qitadoshlarimiz 1:0 hisobda g'alaba qozongan. Keyingi o'yin 15 yil o'tib Tokioda bo'lib o'tdi. Bu o'yinda ham yaponlar minimal hisobda yutganlar. JARdagi mundial oldidan 2010 yil o'tkazilgan o'yinda esa Kot-d'Ivuar ustun kelgan, 2:0.





Kolo Ture turnirda terma jamoasi sensaciya qila olishi va finalda o'ynashi mumkinligini aytib o'tdi. Xonda esa, agar qattiq mehnat qilmasak, guruhdan ham chiqa olmaymiz degan fikrni bildirib o'tdi.

Kolo Ture, Yaya Ture va Dide Drogba kabi etakchilar uchun bu so'nggi mundial. Qizig'i shundaki, terma jamoa ustozi Sabri Lyamushi Drogbadan bor yo'g'i 6 yosh katta.





Kot-d'Ivuar - Yaponiya
15 iyun.
06:00
Bosh hakam: Enrike Osses (CHili)
Yordamchi hakamlar: Karlos Astroza (CHili), Sexio Roman (CHili)
Zaxira hakami: Neant Alium (Kamerun)

Taxminiy tarkiblar:
Kot d'Ivuar:
Barri, Ore, K.Ture, Bamba, Boka, Tiote, Die, Yaya Ture, Kalu, Drogba, Jervino.
Yaponiya: Kavashima, Uchida, Yoshida, Konno, Nagatomo, Endo, Xasebe, Kagava, Xonda, Okazaki, Kakitani.

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика