So’nggi yangiliklar

23:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус". Таркиблар аниқ!  2 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  5 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  2 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  13

PREVYU. ANDIJON - QIZILQUM Yangiliklar

PREVYU. ANDIJON - QIZILQUM

Andijon shahrida "Andijon" klubi Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.
Andijon (Andijon) – Qizilqum (Navoiy)
9 avgust. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni. 17:30
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), M. Majidov (Namangan), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

“Andijon” va “Qizilqum” oliy ligada jami 25 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Navoiyliklar 13ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. 10 uchrashuvda esa “Andijon” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Qizilqum” oldinda - 45:36. O'zaro o'yinlarda “Qizilqum” 41 ochkoni, “Andijon” esa 32 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Qizilqum”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:2 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 5:1 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada Navoiy shahridagi bahsda tomoshabinlar bitta golning guvohi bo'lishgan. SHerali Jo'raev 75-daqiqada “burgutlar” darvozasini ishg'ol qilgan – 1:0.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.08.2012 Andijon - Qizilqum 5:1
10.06.2011 Andijon - Qizilqum 3:0
26.08.2010 Andijon - Qizilqum 2:1
02.05.2009 Andijon - Qizilqum 2:1
05.04.2008 Andijon - Qizilqum 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : Qizilqum klubi o'z tarixida Andijon maydonida bo'lib o'tgan 12ta o'yinning ikkitasi g'olib bo'lgan va bir bor durang o'ynagan. Qolgan 9 uchrashuvda vodiy klubi o'z uyida muvaffaqiyatga erishgan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика