Premer-liga Kloppning iltimosini bajardi
21 apr 2019 10:10
Yangiliklar


Premer-liga Kloppning iltimosini bajardi
APL "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning iltimosini tingladi va bajardi.
"Qizillar"ning "Nyukasl"ga qarshi safar o'yini mahalliy vaqt bilan 12:30ga belgilangandi. Biroq bu bahs endi mahalliy vaqt bilan 19:45da o'tkaziladigan bo'ldi. Bu o'yin APLning 37-turi doirasida 4 may kuni o'tkazilishi kerak edi. Oradan 3 kun o'tib, mersisaydliklar ECHL doirasida "Barselona"ga qarshi bahs olib borishadi.
Oldinroq Klopp APL rahbariyati evrokuboklarda qatnashayotgan klublarni qo'llab-quvvatlamasligi borasida gapirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar