So’nggi yangiliklar

13:33Рафинья — 2024 йил бошидан буён ЕЧЛнинг энг самарали ўйинчиси  0 13:10Қизиқ факт. "Пахтакор" 18 йилдан буён ўз майдонида "Ал Ҳилол"га ютқазмаяпти  1 12:476 та жамоа иштирок этадиган ПРО Лига қуръаси қачон бўлиши маълум  2 12:23Нойер "Байер"га қарши баҳсда жароҳат олди  0 12:04"Ньюкасл" футболчиси мавсум охиригача сафдан чиқди  0 11:41"Фенербахче" Моуриньо билан шартномани узайтирмоқчи  2 10:55ПСЖ мураббийи: «Футболдаги натижалар баъзида адолатсиз бўлади»  12 10:27Пау Кубарси ХХI асрда ушбу натижага эришган энг ёш футболчи бўлди  3 09:51«Манчестер Юнайтед»нинг яна икки нафар футболчиси жароҳат олди  5 09:24ЦСКА бош мураббийи Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  4 08:55Суперлига жамоалари қайси бренддаги либослардан фойдаланади?  1 08:32ОКМК футбол клуби янги футболчиларни таништирди  1 08:03U-18 терма жамоамиз навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  2 07:35EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  15 03:00ЕЧЛ. "Бавария" ўз уйида "Байер"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Барселона" эса ўн киши бўлиб меҳмонда "Бенфика"дан устун келди  58

Predrag Rogan: "O'z maydonimizda "Paxtakor"ga mardonavor qarshilik ko'rsatib, Samarqand ahlini xursand qilish uchun borimizni beramiz" Yangiliklar

Predrag Rogan: "O'z maydonimizda "Paxtakor"ga mardonavor qarshilik ko'rsatib, Samarqand ahlini xursand qilish uchun borimizni beramiz"

"Dinamo" bosh murabbiyi Predrag Roga "Paxtakor"ga qarshi O'zbekiston Superligasi 1-tur doirasidagi o'yin haqida gapirdi.

«Ochig'ini aytsam, qura haqida o'ylaganim ham yo'q. Sababi, biz mavsum davomida ertami yo kech baribir barcha jamoalar bilan uyda va safarda o'ynashimiz lozim.

Barcha raqiblarimiz bilan qaysi turda o'ynashimiz aniq bo'ldi. Ilk turda o'z maydonimizda mamlakatning amaldagi chempioniga qarshi maydonga tushish biz uchun katta sharaf. Biz mezbon sifatida o'z maydonimizda «Paxtakor»ga mardonavor qarshilik ko'rsatib, mavsumni yuqori kayfiyatda boshlash va Samarqand ahlini xursand qilish uchun borimizni beramiz. 

Fursatdan foydalanib, samarqandlik barcha muxlislarni «Paxtakor»ga qarshi uchrashuvga taklif etib, biz yaratayotgan yangi jamoani qo'llab-quvvatlashingizni, futbolchilar esa «Dinamo» sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishadi. G'alabalarga muxlislar bilan birga erishamiz. Olg'a, «Dinamo»!», - deydi klub bosh murabbiyi serbiyalik Predrag Rogan.

Malumot uchun, Superliga 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «Paxtakor» uchrashuvi 2-5 mart oralig'ida o'tadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика