Predrag Rogan: "O'z maydonimizda "Paxtakor"ga mardonavor qarshilik ko'rsatib, Samarqand ahlini xursand qilish uchun borimizni beramiz"

Alisher
12 fev 2022, 14:34
"Dinamo" bosh murabbiyi Predrag Roga "Paxtakor"ga qarshi O'zbekiston Superligasi 1-tur doirasidagi o'yin haqida gapirdi.

Ochig'ini aytsam, qur'a haqida o'ylaganim ham yo'q. Sababi, biz mavsum davomida ertami yo kech baribir barcha jamoalar bilan uyda va safarda o'ynashimiz lozim.

Barcha raqiblarimiz bilan qaysi turda o'ynashimiz aniq bo'ldi. Ilk turda o'z maydonimizda mamlakatning amaldagi chempioniga qarshi maydonga tushish biz uchun katta sharaf. Biz mezbon sifatida o'z maydonimizda Paxtakorga mardonavor qarshilik ko'rsatib, mavsumni yuqori kayfiyatda boshlash va Samarqand ahlini xursand qilish uchun borimizni beramiz. 

Fursatdan foydalanib, samarqandlik barcha muxlislarni Paxtakorga qarshi uchrashuvga taklif etib, biz yaratayotgan yangi jamoani qo'llab-quvvatlashingizni, futbolchilar esa Dinamo sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishadi. G'alabalarga muxlislar bilan birga erishamiz. Olg'a, Dinamo!, - deydi klub bosh murabbiyi serbiyalik Predrag Rogan.

Ma'lumot uchun, Superliga 1-turi doirasidagi Dinamo - Paxtakor uchrashuvi 2-5 mart oralig'ida o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати