PR (Bekzod Tolibov blogi)
04 may 2021 15:52
Yangiliklar
Etibor bersangiz, falon futbolchining erishgan yutug'i to'g'risidagi xabardan ko'ra unga aloqador biron tanqidiy voqelikning "prosmotri" ko'proq bo'ladi. Nega shunday? CHunki aksariyat insonlar psixologiyasida shov-shuvga bo'lgan ehtiyoj juda yuqori. Masalan ular uchun "Paxtakor" safarda "Turon"ni yutganidan ko'ra, kutilmaganda "Paxtakor"ni mag'lub bo'lishi qiziqarliroq. Ana o'shanda ijtimoiy tarmoq orqali mag'lubiyat uchun kimnidir ayblashga va "xumordan chiqib" so'kishga tobora odatlanib borayotganlar safi etarlicha topiladi.
Avvallari milliy terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarni maroq bilan tomosha qilardik. Aniq esimda o'shanda uyimizda "Vesna" rusumli televizor bo'lardi. (Gap shu erda qolsinkuya, kanalni o'zgartirish uchun mo'ljallangan murvati sinib qolgani uchun omburdan foydalanishga to'g'ri kelgan.) SHu televizor orqali milliy terma jamoamiz ishtirokidagi har bir o'yinni qoldirmasdan oilaviy tomosha qilishga odatlangan edik. Bu qaysidir manoda oilaviy ananaga ham aylanib ulgurgan edi. Eng qizig'i, bizga kim MTJ bosh murabbiyi ekanligi ahamiyatsiz edi. Biz shunchaki muxlis edik, mag'lubiyatidan achinardik, yutug'idan quvonardik, xursand bo'lardik. O'sha paytlarda Mirjalol Qosimov yorqin o'yin namoyish etganligi, terma jamoa etakchisi bo'lganligi haqida ko'p bora eshitgansiz, o'qigansiz yoki ko'rgansiz va hok. Xullas, juda ko'p aytilgan mavzu. SHaxsan o'zim Qosimovdan tashqari Nikolay SHirshov, aka-uka SHackixlar, Vladimir SHishelov, Andrey Akopyanc, darvozabon Aleksandr Polyakov kabi futbolimizning yorqin namoyondalarining o'yinlarini ko'p bora kuzatganman. Negadir o'sha davrlarda muxlislik madaniyati boshqacha edi. Internet yo'q edi, uyali telefon esa shunchaki orzuga teng holat bo'lgan. Kamdan-kam xonadonlarda kompyuter bo'lgan, shundayam "Pravec 8-A" yoki "IBM” rusumli. O'sha davr kompyuterlarini hozirgi zamon texnologiyalari bilan qiyoslashning o'zi noto'g'ri.
Yoshi katta muxlislar bu voqeani yaxshi eslashadi, o'sha yili JCH saralashining so'ngi bosqichining eng oxirgi o'yinida ustoz sharhlovchi Davlat aka Turdaliev (marhum) TV orqali O'zbekiston MTJ pley-off bosqichiga yo'l olganligi haqida aytib o'tgandilar. Juda ko'plab muxlislar bunga ishongandi, shaxsan o'zimiz ham. CHunki aytib o'tganimdek, o'shanda bizda internet orqali boshqa o'yinlar haqida malumot olish imkoni bo'lmagan. Ertasi kuni radio orqali mashhur teleboshlovchi ("Kelin-kuyov" loyihasi muallifi) Soat aka SHaripov bilan suhbat tashkil etilganida biz MTJ pley-off bosqichiga yo'llanma olmaganimiz haqida eshitganmiz. Ustoz sharhlovchi Davlat aka Turdaliev millionlab o'zbekistonlik muxlislarni o'sha vaziyatda xafa qilishni istamaganliklari katta ehtimol. Balki u kishiga ham ayni shunday malumot etib kelgandir, kim bilsin. Xullas, shunaqa gaplar.
Hozirgi va o'sha paytdagi xolatni solishtirish mutlaqo mantiqsizdek ko'rinmoqda. Yana takrorlayman, o'sha davrdagi muxlislar uchun MTJga kim bosh murabbiy bo'lishidan ko'ra g'alaba muhim edi. Yutuqlar va natijalar ahamiyatli edi. Hozir qanday? Tan olib aytadigan bo'lsak, ozgina salbiy natija yuz berishini va shu orqali ijtimoiy tarmoqda "katta tahlillar"ni amalga oshiradigan muxlislar soni tobora ko'payib bormoqda. Yosh va kelajak avlod esa tabiiy xolda sizu bizdan o'rnak oladi. Agar shu taxlit davom etaversak, ertaga MTJda ishlashga rozi bo'ladigan biron mahalliy murabbiyni topa olmay qolishimiz katta ehtimol. Yalinib ham, qopda pul ko'tarib kelib ham olib kela olmaysiz. CHunki ular biladi, oldindan prognoz qila oladi vaziyat qanday yakuniga etishini.
To'g'ri, muxlis xalqi kuyinganidan, joni achiganidan fikr bildiradi. Haqiqiy fanat shunchaki qo'l siltab keta olmaydi, buni tushunamiz. Lekin hamma birlashadigan, barcha birdek qo'llab-quvvatlash lozim bo'lgan vaqtda balki biz Senekadan iqtibos keltira oladiganlarning PIAR texnologiyasiga, yaratayotgan intrigasiga mahliyo bo'lib qolayotgandirmiz, kim bilsin? Tushungan tushundi nazarimda. Lekin bularda qanday mantiqiy bog'liqlik borligini esa balki keyinroq tushunarsiz, yoki tushunib ham bo'ldingiz. Milliy terma jamoaga shaxslar uchun emas, vatanparvarlik tuyg'usi ostida muxlislik qilaylik. CHunki kimningdir ketishi evaziga masala hal bo'lganida biz allaqachon mundialga chiqib bo'lardik. Salomat bo'ling!
Bekzod Tolibov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar