So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  0 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

O'FF rahbariyati Osiyo Kubogi saralashi oldidan terma jamoa azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FF rahbariyati Osiyo Kubogi saralashi oldidan terma jamoa azolari bilan uchrashdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 20–24-sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi–2026 saralash musobaqasida ishtirok etadi.

Safar oldidan O'zbekiston futzal federaciyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov mamlakat milliy terma jamoasi azolari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida O'FF rahbari jamoa azolariga samimiy tilaklarini bildirib, xalqimiz milliy terma jamoadan doimo hujumkor va g'alabali o'yinlarni kutishini takidladi. Shuningdek, futbolchilarga Vatan sharafini munosib himoya qilishlarini tiladi.

“Sizlarning har bir harakatingiz, har bir golingiz ortida millionlab insonlarning umidi va orzusi bor. Biz sizlarga ishonamiz. Sizlar nafaqat g'alaba uchun, balki millat iftixori uchun kurashasizlar", – deya takidladi Bekzod Mamatqulov.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev jamoa Osiyo Kubogi saralash uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik ko'rganini malum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, futzalchilarning ham jismoniy, ham ruhiy holati yuqori darajada bo'lib, jamoa birdamlik va intizom asosida harakat qiladi.

Shuningdek, so'zga chiqqan terma jamoa sardori Mashrab Odilov va O'FF Tibbiyot departamenti bosh shifokori Lazizbek Teshaboev futbolchilarning barchasi sog'-salomat ekanini, saralash bahslariga har tomonlama tayyor turganini malum qildi.  

"Turnir davomida yigitlar bor kuch va g'ayratlarini safarbar etib, muxlislarimizni quvontiradigan natijalar bilan yurtimizga yorug' yuz ila qaytish niyatida safarga yo'l olayapti", – dedi Mashrab Odilov.

Yig'ilish yakunida O'zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi To'lagan Isoqov so'z olib, har bir futbolchining ortida Vatan shani turganligini takidladi. O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi hamda o'yinchilariga saralash bahslarida omad yor bo'lishini tilab, oq fotiha berdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика