So’nggi yangiliklar

03:03Ўртоқлик ўйини. “Навбаҳор” “Рубин”га мағлуб бўлди  0 02:56Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Валенсия"ни мағлуб этди, "Барса" билан орадаги фарқ — 1 очко  20 02:53А Серия. "Ювентус" "Лацио" билан ўйинда 90+6 дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  1 02:48Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Марсел"га жавобсиз 5 та гол урди  1 00:50Гвардиола “Ливерпуль”га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  18 00:28Ла Лига. "Атлетико" кутилмаганда ўз майдонида "Бетис"га мағлуб бўлди, Антони ўйиндаги ягона голни урди  1 00:05АПЛ. "Ливерпуль" — "Манчестер Сити" 1:2  8 00:02А Серия. "Интер" меҳмонда "Сассуоло"га жавобсиз 5 та гол урди  1 23:45Бундеслига. "Бавария" ўз уйида таъқибчиларидан бири бўлмиш "Хоффенхайм"га 5 та гол урди  9 23:33АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди  163 23:15“Нефтчи” “Челси”, “Удинезе” ва “Уотфорд” собиқ ҳужумчиси билан шартнома имзолади  8 22:30“Манчестер Сити”нинг трансфер мақсади маълум  0 20:48САфарда "Пахтакор" — "Қайрат" ўйинида. Бозоров, Мозговой, Тожиев ва Уразбахтин нималар дейишди?  0 20:04"Рома" Тоттини техник директор этиб тайинламоқчи. Римликларнинг собиқ сардори клубга қайтишга тайёр  1 19:35Эрон Про лигаси. Ўрунов ва Сергеев ўйнаётган "Персеполис" меҳмонда мағлубиятга учради  5

O'FF prezidenti "Benfika" klubi sharoiti bilan tanishdi Yangiliklar

O'FF prezidenti "Benfika" klubi sharoiti bilan tanishdi

Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida O'zbekiston futzal federaciyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov hamda BMB klubi prezidenti Aziz Mamatqulov jahonga mashhur "Benfika" futbol klubi qarorgohida bo'ldi.

Tashrif doirasida tomonlar o'rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda "Benfika" futbol klubining futzal bo'yicha boshqaruv direktori Migel Reys va klubning xalqaro hamkorlik bo'yicha departamenti direktori Lorenco Ferreyra ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida mezbonlar o'zbekistonlik mehmonlarga "Benfika" klubining zamonaviy infratuzilmasi, xodimlar faoliyati hamda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdi.

Muloqot chog'ida ikki mamlakat futzal klublari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, tajriba almashish, qo'shma mashg'ulotlar tashkil etish, yoshlar va o'smirlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish hamda portugaliyalik mutaxassislarni O'zbekistonga jalb etish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, kelgusi mavsumda klublar miqyosida ikki mamlakat mutaxassislari uchun o'quv kurslarini tashkil etish va tajriba almashish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Suhbat davomida "Benfika" klubi orqali Portugaliya futzalining ilg'or tajribalarini O'zbekistonga tatbiq etish, ikki mamlakat futzal federaciyalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish istiqbollari ham ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida kelgusi mavsumda "Benfika" hamda BMB xususiy futzal klublari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etish, o'zbekistonlik iqtidorli yoshlarni Portugaliyaning nufuzli klublariga jalb etish, ularning istedodini kamolga etkazish hamda "Benfika" orqali jahonning elit klublariga o'tishini taminlash masalalari bo'yicha kelishib olindi.

Tomonlar fikriga ko'ra, ushbu hamkorlik nafaqat klublar, balki ikki mamlakat futzali rivojiga ham salmoqli hissa qo'shishi kutilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика