Potter Zieshning JCHdagi ishtirokidan mamnunligini aytdi
25 dek 2022 12:50
Yangiliklar


Potter Zieshning JCHdagi ishtirokidan mamnunligini aytdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potter jamoa futbolchisi Hakim Zieshning JCH-2022dagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Jahon chempionatidan oldin ham u yaxshi holatda edi. Xatto zaxira o'rindig'ida o'tirgan holatida ham bor etiborini o'yinga qaratayotgandi. Uning sifatlarini yaxshi bilamiz, u buni Qatarda yaxshi ko'rsata oldi.
Yana ko'p narsalarni gapirish mumkin, biroq "CHelsi"da ko'plab chempionlar o'ynaydi va ular doimo maydonga tushishga tayyor turishadi. SHu sababli u ham sabr qilib, o'z imkoniyatini kutayotganiga ishonchim komil", - dedi Potter.
Eslatib o'tamiz, Ziesh 2020 yil yozida "Ayaks"dan 40 mln evro evaziga transfer qilingandi. SHu davr mobaynida u jamoa tarkibida 92 o'yinda 14 gol va 10 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar