Portugaliya terma jamoasi ustozi: "Ronaldu gollarini Evropa chempionati uchun saqlamoqda"
26 mar 2016 12:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202684_original.jpg)
![](/upload/storage/202684_220.jpg)
Portugaliya terma jamoasi ustozi: "Ronaldu gollarini Evropa chempionati uchun saqlamoqda"
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Bolgariyadan uchragan mag'lubiyat haqida (0:1) fikr bildirdi.
"Krishtianu Ronaldu terma jamoa va klubda juda ko'p gol uradi. Bugun uning omadi kelmadi, ammo Ronaldu gollarini Evropa chempionati uchun saqlab qo'ygan.
Uchrashuvda gol urish uchun juda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Agar imkoniyatlar yarata olmaganimizda xavotir uchun sabab bo'lar edi.
Himoyadagi o'yinga keladigan bo'lsak, biz etarli darajada agressiv bo'lmadik" - deydi Santush.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar